Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Vazir kubogi musobaqasida OKMK ikkinchi

02 Iyun 2025, 15:29 935

Joriy yilning 30-31 may kunlari sportning futzal turi boʻyicha O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Vazirlik tizimosti korxona-tashkilotlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqa shiddatli bahslarga boy boʻldi.

Musobaqada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasi ham ishtirok etib, samarali natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, vakillarimiz dastlabki uchrashuvda “Gidroingeo instituti” DM jamoasini yirik 11:2 hisobida magʻlub etishdi.

“UZ Geologiya qiduruv” jamoasi bilan kechgan 1/8 final oʻyinida ham vakillarimiz 5-4 hisobida zafar quchishdi.

½ final uchrashuvda - “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” jamoasiga qarshi kechgan bahsda ham vakillarimiz yirik 8:2 hisobda gʻalaba qozonishdi.

Finalda esa OKMK jamoasi Navoyi kon-metallurgiya kombinati jamoasiga roʻbaroʻ keldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.

Gʻolib penalgʻtilar seriyasida aniqlandi.

Penal’tilar seriyasida esa 3:5 hisobida gʻalaba qozongan navoiyliklarga  omad kulib boqdi.

Shu tariqa Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasi musobaqada ikkinchi oʻrinni egalladi.

Musobaqa yakunida gʻoliblarga kubog va sovgʻalarni  Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov tantanali ravishda topshirdi.


Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech