• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yosh metallurglar o‘zaro tajriba almashishdi

17 May 2023, 10:19 1258

Joriy yilning 13-16 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Magnitogorsk metallurgiya kombinatining yosh metallurglar ittifoqi tomonidan XXIII ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi. Ushbu anjumanda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yosh metallurglari ham ishtirok etishdi.

Anjuman davomida yosh metallurglar o‘zaro tajriba almashishdi, soha bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi. OKMK yosh metallurglari ham o‘z ma'ruzalari va taqdimotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Shuningdek, kombinat yoshlari Magnitogorsk metallurgiya kombinatining faoliyati bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, metallurgiya sohasi vakillari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh metallurg” tanlovi ham o‘tkazildi. E'tiborlisi, ushbu tanlovda Makarziy ta'mirlash mexanika zavodining texnik bo‘limi boshlig‘i R.Parpiyev hamda MTMZ quyish bo‘limi boshlig‘i A.Alimatovlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha sovrinli o‘rinlar egallashdi.

Aznaur Abdurashidov,

Rux zavodi yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech