• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Yosh rahbar" ko‘rik-tanloviga start berildi

27 Fevral 2023, 8:28 1740

Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish yosh kadrlarni malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 23-fevral kuni Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasida "Yosh rahbar" ko‘rik-tanloviga start berildi.

OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar xodimlar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘radi.

Yosh mutaxassislar 4 oy davomida quyidagi yo‘nalishlarda bellashishadi.

Raqamlashtirish. Boshqaruvda raqamli texnologiyalarning o‘rni, Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, Mehnatni tashkil etish va haq to‘lash, Loyihalash va ularni tahlil qilish.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga o‘zlarida yetakchilik hislatlarini shakllantirishlari uchun “Liderning oltin kitobi” nomli kitoblar tuhfa etildi.

Mazkur tanlov g‘oliblari 30-iyun - Yoshlar kunida aniqlanadi.

Abdulaziz Nodirov,

ITIB kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Bo`lishmoq:
Text to speech