Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi tasarrufidagi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni yanada jadallashtirish, yosh ishchi-xodimlarning malakasini oshirish va ularni muhandis-texnik lavozimlarga tayyorlash maqsadida oliy ma'lumotli yosh mutaxassislar uchun Muhandislik maktabida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Ushbu kurs davomida OKMK Markaziy apparati transport va logistika departamenti direktori Rustam Sanakulov ishtirok etib, yosh mutaxassislarga sohaviy bilimlar hamda amaliy tajriba yuzasidan muhim tushunchalar berdi.
Shuningdek, yoshlarga Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi faoliyati, uning vazifalari va asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma'lumot berish maqsadida maxsus taqdimot o‘tkazildi.
Unda STTBda olib boriladigan ishlar, logistika jarayonlari, xavfsizlik choralari va tarmoqning rivojlantirish strategiyasi haqida keng qamrovli ma'lumotlar berildi.
Ushbu kurs yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga, ularni kelgusida mas'uliyatli lavozimlarga tayyorlashga hamda STTB faoliyatini chuqurroq anglab yetishlariga xizmat qiladi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: