"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo‘lganlar aholining 60 foizini tashkil qiladi. 15, 20 yil ichida ular O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yangi bosqichiga olib chiquvchi asosiy kuchga aylanishini hisobga olsak, bugun oʻgʻil-qizlarning salomatligi, ta’lim tarbiyasi hamda ma’nan rivojlanishlariga har qachongidanda koʻproq ahamiyat qaratishimiz lozim. Shu bois davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan 30-iyun yurtimizda “Yoshlar kuni” etib belgilandi. Mazkur sana munosabati bilan 25-iyun kuni Olmaliqda shahar hokimligi va OKMK hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi.
“Metallurg” oʻyingohi hovlisiga barcha qalbi qaynoq va yuzlarida shijoat nafasi ufurib turgan yoshlarni jamlagan shodiyona avvalida shahar hokimi Qobil Hamdamov, OKMK boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sa’di Shermatov hamda mutasaddilar oʻgʻil-qizlarni bayram bilan samimiy qutlashib, oʻzlarining iliq tilaklarini bildirishdi.
Tadbir davomida besh tashabbus olimpiadasi gʻoliblari va joriy yil turli yoʻnalishlarda eng yuqori natijalarni qayd etgan faol oʻgʻil qizlarga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.
Joriy yil umumta’lim maktablarini tamomlagan bitiruvchilarga ham oltin va kumush medallari tantanali ravishda topshirildi.
Estradamizning yorqin yulduzlari Shaxriyor, Hojiakbar Haydarov, Dilnoza Hakimova, Bahriddin Zuhriddinov, Muhammad Ziyo, Xurshid Turdiyev, Oybek Sultonov va "Metallurg" MS ijodiy guruhlari hamda ko‘plab xonandalar bayramni koʻtarinki kayfiyatda oʻtishini ta’minlashdi.
Yoshlik – bu nafaqat umrning bahor pallasi, balki yurakdagi g‘ayrat, ko‘zlardagi porloq ishonch va yuksak maqsadlar sari oldinga tashlanayotgan dadil qadamdir. Yurtimizdagi barcha islohotlar markazida aynan yosh avlod vakillari turibdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shahrimiz yoshlarini kelgusi mufavvaqiyatlar sari ilhomlantirgan bayram tadbiri barchaga xush kayfiyat ulashib, samoda porlagan mushaklar yogʻdusi bilan yakunlandi.
Axborot xizmati