"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3330-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yoshlar oyligi doirasida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti rahbariyati, kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida faol va tashabbuskor yosh quruvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va badiiy kitoblar taqdim etildi.
Tashakkurnomada farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan, ularning tarbiyasiga katta hissa qo‘shgan ota-onalarning mehnati e'tirof etilib, tashabbuskor yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi jonbozlik uchun minnatdorlik bildirildi.
Ushbu ezgu tashabbus yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish bilan birga, oilaning jamiyatdagi tarbiyaviy rolini chuqur anglash va e'tirof etishga xizmat qilish, ota-onalarning faqatgina farzand tarbiyasida emas, balki ularning kasbiy shakllanishida ham muhim tayanch bo‘lib xizmat qilayotganligini anglatadi.
Ota-onalar bu kabi e'tibor va e'tirof uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, farzandlarining kelajagi uchun yana-da mas'uliyat bilan harakat qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Jonibek Alijonov,
Trest yoshlar ittifoqi raisi