• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yoshlar spartakiadasi 2022”: Suzish bahslari

18 Aprel 2022, 9:26 2064

2022-yil 16-aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar spartakiadasi 2022” doirasida suzish musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Unda kombinatimiz tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshdan oshmagan yigitlar murosasiz bahs olib borishdi.

 Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi ishchisi Sardor Hamdamov egalladi.

Faxrli ikkinchi o‘rin esa Qalmoqqir kon boshqarmasi ishchisi Ahror Abdusamadovga nasib etdi.

Barchadan a'lo natija qayd etgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi vakili Farrux Omonov musobaqa g‘olibi deya e'tirof etildi

Musobaqa g‘oliblari OKMK xodimlari  kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan taqdim etilgan pul mukofotlari va Yoshlar ittifoqi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.

Azamat Abdiyev,

MTMZ direktorining Yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech