Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yoshlar yetakchisi – 2025”

14 Iyul 2025, 11:1 958

Yoshlar orasidan liderlik qobiliyatiga ega, tashabbuskor, fikrlay oladigan, nutq madaniyatiga ega va ijtimoiy jarayonlarga befarq bo‘lmagan yosh yetakchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibidagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari o‘rtasida “Yoshlar yetakchisi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar “IQ test” – mantiqiy fikrlash va tezkor tahlil qilish salohiyati, “Mening tashabbusim” – ijodiy loyiha va yoshlar bilan tashkil etilgan tadbir taqdimoti, “Case savol” – real muammoli vaziyatga yechim taklif qilish bo‘yicha topshiriq” kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.

Tanlov yakuniga koʻra, 1-o‘rinni 31-MTT tarbiyachisi Nilufar Xaydarova egallab, gʻolib boʻldi.

2-o‘rin 35-MTT tarbiyachisi  Gavhar Akmalxonovaga nasib etdi.

3-o‘ringa 39-MTT tarbiyachi yordamchisi Nozima Xamrayeva loyiq koʻrildi.

Tanlov yakunida g‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, faol ishtirok etgan yetakchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Alisher Usmonov,

IOB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech