"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yosh mutaxassislarning kasbiy va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar davom etmoqda.
Shu maqsadda, 2025-yil 26-mart kuni OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azamat Mavlanov Avtomobil transporti boshqarmasining yosh mutaxassislari bilan uchrashib, ularga bilim va koʻnikmalar berib o‘tdi.
"Yoshlarni rahbarlikka tayyorlash hamda o‘z korxonasida liderlik qilish" mavzusiga bag‘ishlangan muloqot davomida A.Mavlanov rahbar bo‘lish uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlar, korxona boshqaruvida innovatsion yondashuv va jamoani samarali boshqarish usullari haqida tushunchalar berdi.
Ushbu muloqot yosh mutaxassislar uchun motivasiya bo‘lib, ularning rahbarlik salohiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
A. Abdujabborov,
ATB yoshlar ittifoqi raisi