"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishning eng samarali yo'li bu profilaktik tushuntirish ishlaridir. Ana shunday profilaktik tadbirlardan navbatdagisi joriy yilning 25-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi ishchi-xodimlari o'rtasida o'tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB TQX katta tezkor vakili mayor U.Artikov, katta tezkor vakili mayor N. Turgʻunboyev, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB JTSB boshligʻi kapitan J.Imamov, Toshkent viloyati IIBB kiber xavfsizlik xizmati xodimi R.Alimov, Olmaliq shahar "Ramazoni sharif" jome masjidi imomi noibi A.Toʻxtarov, 2-MBF boshlgʻining tartibot va TMBB boʻyicha oʻrinbosari I.Shamsiyevlar ishtirok etishdi.
Mas’ullar tomonidan bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatlar tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari tushuntirib oʻtildi. Ayniqsa, soʻngi paytlarda virtual olam bilan bogʻliq jinoyatlar ortgani aytildi. Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali turli nayranglar orqali oʻzgalarning pullarini oʻzlashtirishayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek onlayn qimor oʻyinlari ham jinoyat sodir etilishiga omil boʻlayotgani ma’lum qilindi. Onlayn qimor orqali hayotini qiyinlashtirganlar taqdiri misollar orqali keltirilib, barcha yana bir bor ogohlikka chorlandi. Yoshlarning ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari, yot gʻoyalarga ergashmasliklari uchun hamisha hushyor boʻlish lozimligi aytildi.
Asilbek Omonkulov,
ITIB yoshlar ittifoqi raisi