Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi, ularning fikr va g'oyalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yoshlarimizni ma'naviy barkamollikga yetaklash hamda axloqiy tarbiyani chuqur singdirish va ularda bugungi kunda dolzarb muammoga aylangan yot g'oyalar, totalizator o'yinlari va firibgarliklarga qarshi immunitetni hosil qilish maqsadida joriy yilning 20-iyun sanasida "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi tomonidan yoshlar oyligi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
"Yuksak ma'naviyatli yoshlar-kelajak poydevori" mavzusida o'tkazilgan davra suhbatida dastlab "Olmaliq KMK" AJ Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azamat Mavlonov so'zga chiqdi. U o’z so’zida yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, u zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqan "Olmaliq KMK" AJ MTMZ Tovar moddiy boyliklari bo‘yicha direktor muovini hamda Olmaliq shahar 1-sonli IIB tergov bo‘limi vakillari kombinatimizda sodir etilayotgan huquqbuzarlik, firibgarlik holatlari, ijtimoiy tarmoqlardan yot maqsadlarda foydalanayotgan yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlashda qilinayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berdilar.
Xurshid Abdullayev,
Qalmoqqir KB Yoshlar ittifoqi raisi