• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

05 Yanvar 2024, 17:4 1375

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2023 yil yakuni boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –106,1 %.

Mis katodini ishlab chiqarish 97,7 %, shu jumladan 100,4 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 82,0 %, shu jumladan 101,4% oʻz xom ashyosidan, sulfat kislotasi 93,3%, affinajli oltin 100,1 % va
affinajli kumush 100,7 %ga bajarildi.

2023 yil yakuni boʻyicha eksportg xajmi 102,5 % ga bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30-dekabrdagi PQ-72 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-dekabrdagi 459-sonli qarori 3 ilovasiga muvofiq 2023 yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 1106,7 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.

2023 yil yakuni boʻyicha 1128,2 mln. dollar (101,9 %) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 234,5 mln. doll.

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 893,8 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori 2022 yil 24-anvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94 sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2023 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 332,6 mlrd. soʻmlik
137 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2023 yil yakuni boʻyicha 147 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 429,0 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 119,9 foizni tashkil etdi.

2023 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 377,5 mlrd. soʻmga yoki 3,2 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2023 yil yakuni boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 404,7 mlrd. soʻmni yoki 3,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini taʻminlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2024 yil 1 yanvar oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 4832,9 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 2277,6 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.            

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 6618 nafar, shu jumladan, ishlab  chiqarishdan tashqari holda 1413 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 2188 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 2433 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 860 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 189 nafarni tashkil etmoqda, bundan 11 nafar talaba OTMlarning kunduzgi va 178 nafar talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida taʻlim olmoqda.

Hisobot davrida jami 1639 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 782 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 553 nafar va ma’lumotsiz 304 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2023 yil yakuni boʻyicha jami 689 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 159 ta – (4 ta farmon, 21 ta qaror, 1 ta farmoyish, 16 ta bayon, 117 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 527 ta (15 ta qaror, 20 farmoyish, 86 ta bayon, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 260 ta, kotibiyat topshiriqlari – 146 ta).

Bo`lishmoq:
Text to speech