Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2021 yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
- amaldagi narxlarda –116,4 %.
2020 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti oʻsish sur’ati 100,5% ni tashkil etdi.
Mis katodini ishlab chiqarish 101,0 %, shu jumladan 100,7 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 100,6%, shu jumladan 103,2 % oʻz xom ashyosidan, sulfat kislotasi 105,9 %, affinajli oltin 101,2% va affinajli kumush 100,2 %, portlandsement 92,5 % tashkil etdi.
2021 yil yanvar-iyun yakuni boʻyicha 142,0 % miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi PQ-4563 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq 2021 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 5039,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallagan, shu jumladan oʻzlashtirish prognozi:
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 1724,0 mln.doll.;
tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan– 336,4 mln.doll.;
tijorat banklarining kreditlaridan – 62,7 mln. doll;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlardan – 2916,5 mln. doll.
2021 yil yanvar-iyun yakuni boʻyicha 168,4 mln. dollar (102,1 %) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 135,6 mln. doll.;
tijorat banklarining kreditlaridan – 0,143 mln. doll.;
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar hisobidan – 32,7 mln. doll. oʻzlashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2021 yilda 161,4 mlrd. soʻmlik 87 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2021 yil yanvar-iyun yakuni boʻyicha 73 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 91,6 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 128,4 foizni tashkil etdi.
2021 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 240,9 mlrd. soʻmga yoki 1,8 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.
2021 yil yanvar-iyun yakuni boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 401,8 mlrd. soʻmni yoki 6,4 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 226,5 mlrd. soʻm yoki 3,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini taʻminlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2021 yil 1 iyul holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 1648,1 mlrd. soʻmni, shu jumladan muddati oʻtgan qarzlari 114,1 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 2782,3 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 2644 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari holda 347 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 1259 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 824 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 84 nafar kishi oʻqitildi.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy maʻlumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 432 tani tashkil etmoqda, bundan 90 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 342 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida taʻlim olmoqda. Shu jumladan OTMlar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasida:
Rossiya Federatsiyasida:
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida – 1 nafar talaba taxsil oladi.
Oliy oʻquv yurtlarida mutaxassis tayyorlash boʻyicha xarajatlar iyun oyi boʻyicha 1394,4 mln. soʻmni tashkil etdi.
Jami 272 nafar Ishchi kasblarga qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tinglovchilari uchun “Olmaliq KMK”AJ tarkibiy boʻlinmalariga ishga kirish tanlovi tashkil etildi, shundan 45 nafar tinglovchilar tanlovdan muvofaqiyatli oʻtishdi. Bugungi kunda qolgan 227 nafar tinglovchilardan 118 nafari Qurilish kompaniyasiga ishga qabul kilindi. Shu bilan birga qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqish istagini bildirgan 610 nafar fuqarolar roʻyxatidan yoshlar daftarida turgan 204 nafar yoshlar bilan 2 kurs yoʻnalishlari boʻyicha qabul oʻtkazildi.
Hisobot davrida jami 744 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari
418 nafari, oliy taʻlim bitiruvchilari 147 nafar va maʻlumotsiz 179 nafar kishi ish bilan taʻminlandi.
Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.
Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.
Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil yanvar-iyun yakuni boʻyicha jami 441 ta hujjat kirim qilingan, jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 78 ta – (6 ta Farmon, 14 ta qaror, 3 ta farmoyish, 9 ta bayon, 46 ta topshiriq);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 363 ta (42 ta qaror, 10 ta farmoyish, 50 ta bayon, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 164 ta, kotibiyat topshiriqlari – 97 ta).
Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab koʻrib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmalik KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Boʻlimda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.
Hisobot davriga 2490 ta murojat kelib tushgan. Shulardan
2029 tasiga tushuntirish berilgan, 169 tasi oʻrganish jarayonida, koʻrib chiqilmoqda, 14 tasi rad etilgan, 135 tasi qanoatlantirilgan, 27 tasi tegishligi boʻyicha boshqa tashkilotga yuborilgan.
Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan taʻminlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojatlardan iborat.
YUKLAB OLISH (pdf, 237 Kb)