Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33"Olmaliq KMK" AJ jamoasi 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni quyidagicha ta'minladi:
- joriy narxlarda 106,3 ga,
- solishtirma narxlarda 106,1% ga.
Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2017 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 107,9 % tashkil etdi.
Mis mahsulotlari ishlabchiqarish 107,5 %, o`z xom ashyosi hisobidan rux metalli 101,6%, sul'fat kislotasi 95,0 %, molibden uch okisi 107,4%, volfram uch oksidi 94,6%, affinajlangan oltin 101,3 % va affinajlangan kumush 126,4 %, portlandsement 98,7% ni tashkil etdi.
Sulfat kislota rejasining bajarilmasligi “O’zkimyosanoat” AJ tomonidan ruda tarkibi past bo'lganligi bois kerakli miqdorda kislota ajrata ololmaganligi bilan bog’liq, shuningdek mis va rux zavodlarining sulfat kislota sexlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilgani ham 2018 yil uchun sulfat kislota ishlab chiqarish istiqbolining bajarilmasligi omili bo’ldi.
2018 yilda eksport qilingan mahsulotlar 112,4% ni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2018 yildagi “2018 yil uchun investitsion va inftrastruktura loyihalari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan prognoz bo’yicha 2 081,1 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan 7 ta loyiha amalda 2 395,8 mlrd. so’mga yoki 115,1% ga bajarildi, shu jumladan:
O’z mablag’lari hisobiga – 522,1 mlrd. so’m;
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 1 409,1 mlrd. so’m;
Tijorat banklarining kreditlari – 464,6 mlrd. so’m.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 29,0 mld so`mlik 36 ta loyihani amalga oshirmoqda.
2018 yil davomida qiymati 77,8 mlrd. so`mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 267,0 % erishildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida"gi PQ-2298-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli parametrlarini bajarish ko'zda tutilgan va 2018 yil uchun tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish 24,5 mln. dollarga amalga oshirish mo’ljallangan.
2018 yil uchun 27,7 mln. dollar yoki 113,1% ga bajarilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2018 yilda qiymati 7741,6 ming dollarlik 284 ta texnologik jihozlarni almashtirish va moderinizatsiya qilish ko`zda tutilgan.
2018 yilda qiymati 2057,7 ming dollarlik 108 ta texnologik jihozlar almashtirildi.
2018 yilda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha ishlab chiqarish tannarxini 273,7 mlrd. so'mga yoki 7,5 %ga kamaytirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.
2018 yilda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishi natijasi kutilgan 273,7 mlrd. so'm yoki 7,5 %ga nisbatan 274,2 mlrd.so'mni yoki 7,6 %ni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi - 221,3 mlrd. so'mga yoki 6,1 %ga nisbatan 295,6 mlrd. so'mni yoki 8,1%ni tashkil etdi.
2018 yilda yangi ish joylarini tashkil etish Dasturi bo’yicha 820 ta yangi bo’sh orni yaratish rejalashtirilgan, shundan 590 ta ish o’rni investitsion dasturlar bo’yicha va 234 tasi sohalarni rivojlantirish hisobiga.
2018 yilda 830 ta bo’sh ish o’rni yaratildi, shundan 596 tasi investitsion dasturlar hisobiga va 234 tasi sohalarni rivojlantirish hisobiga.
Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
01.01.2019 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o`tgan qarzdorlik hosil bo`lmagan holda 875,2 mlrd. so`m, kreditorlki qarzdorlik esa 2573,8 mlrd. so`mni tashkil etadi.
Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.
"Olmaliq KMK" AJ da 2018 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko`rsatkichlar 2018 yilda quyidagilarni tashkil etdi:
Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 4526 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 2262 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 1745 kishi, shu jumladan 559 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 13.04.2015 yildagi 20a-sonli protokol yig'ilishining qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJga 7 ta kasb-hunar kolleji biriktirildi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Olmaliq shahrida Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali ochildi.
Shuningdek, kombinat uchta Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi. Bular:
1. Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali;
2. Navoiy davlat konchilik institut;
3. “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti.
2018 yilda kombinat tarkibiy bo’limlarida 3095 nafar kasb-hunar kollejlari o’quvchilari va 1178 nafar oliy ta’lim muassasalari talabalari ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini o’tashdilar.
Hisobot davrida 2804 nafar kasb-hunar kollejlari va 754 nafar Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.
Investitsiya loyihalarini, amaldagi texnologik jarayonlarni kengaytirish va modernizatsiyalashni hisobga olgan holda, kombinatning zarur kasb va mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim muassasalarida o'qitishga bo'lgan ehtiyoji ishlab chiqilmoqda.
2018 yilda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi axborot texnologiyalari xizmatining reja va tadbirlariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “Iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni tatbiq etishni rivojlantirishning ustuvor vazifalari to`g’risida”gi PQ-2569 Qaroriga muvofiq iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish bo`yicha “Olmaliq KMK” AJda 6 ta loyiha amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.
5 ta loyihani amalga oshirish yakunlandi, shulardan biri 2018 – yilda "Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement ishlab chiqaradigan zavod texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning axborot tizimini joriy etish"loyihasi amalga oshirildi. Joriy qilingan loyihaning haqiqiy qiymati 40 998,9 mln. so'm. Zavodni avtomatlashtirish tizimini boshqarish yagona operatorlik markazidan amalga oshiriladi. Tizim quyidagi funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi "2016-2018 yillarda iqtisodiyotning Real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2569-sonli qaroriga muvofiq bajarilishi 2019 yil IV chorakka o'tkazilgan "Samarchuk "yer osti konida avtomatlashtirish tizimi" loyihasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq amalga oshirilmadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi to'g'risida" gi PF-5308-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" da 39 ta tadbir ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
2018 yilda 10,1 mlrd. so’mlik tadbirlar amalga oshirildi.
2018 yilda kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go`sht-sut va qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan to`ldirish maqsadida:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprelidagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshirig’lari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamalanishi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to`g’risida”gi PQ-2881-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshvaruv va xo`jalik organlari, Qoraqalpog’izton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, rayion va tumanlar hokimlariga intizimoiy jazolarni qo`llash to`g’risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 10 mayda tasdiqlangan №264 nizomga asosan “Olmaliq KMK” AJ lavozim rahbarlariga intizomiy jazo choralarini qo`llash tartiblari to`g’risida” qoidalar tasdiqlangan va joriy etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktyabrdagi "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3962-sonli qaroriga muvofiq topshiriqlarning ijrosini tanqidiy tahlil qilish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda va ularning ijrosi olib borilishi to'g'risida ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilib borilmoqda.
2018 yil davomida “Olmaliq KMK” AJ da jami rasmiylashtirilgan aktlar 1133 ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig 9 ta Farmoni, 42 ta Qarori, 3 Farmoyishi, 20 ta topshirig`i hisoblanadi. 109 ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i, 873 ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, 77 ta loyihalash boshqarmasiMilliy agentligi xatlaridir.
O`bekiston Repsublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan aktlari bo’yicha umumiy hisobda 103 ta hujjat, shu jumladan 83 ta buyruq, 5 ta boshqaruv qarorlari, 2 ta farmoyish va 13 ta kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.
2018 yilda jami 3647 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 1026 ta yozma va 1707 ta og’zaki, 914 ta elektron manzil orqali kelib tushgan murojaatlar. 141 ta ariza bo`yicha chora ko`rildi, 3286 ta ariza bo`yicha tushuntirildi, 44 ta qaytadan murojaat qilganlar, 72 ta ariza ko`rib chiqilmoqda va 31 rad etildi.
Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.
Shuningdek, 2017 yil 22 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan "Olmaliq KMK" AJ bo’yicha fuqarolarning kombinat faoliyatiga taalluqli muhim masalalar bo'yicha o'z fikrlarini ifoda etish va muhokama qilish uchun "Mening fikrim" axborot portali ishlab chiqildi (http://portal.agmk.uz).
"Olmaliq KMK" AJ yangiliklarini kuzatib borishni qulaylashtirish uchun Internetda Telegram messenjeridagi rasmiy axborot kanali ishlab chiqildi va ishga tushirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyulda qabul qilingan “Olmaliq KMK AJ boshqaruvi samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida’gi 593-sonli qaroriga asosan kombinat ustav kapitalining davlat ulushi “SFI Management Group” xorijiy korxonasining ishonchli boshqaruviga berildi.
Ushbu hujjatga muvofiq "Olmaliq KMK" AJ da "SFI Management Group" MCHJ tomonidan metallurg va konchilardan iborat chet ellik olimlar va ekspertlar ishtirokida audit o'tkazildi.
O'tkazilgan ishlar yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi "Olmaliq KMK"AJ ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3954-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mis boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, Angren kon boshqarmasi va boshqa asosiy sexlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu dasturlarni amalga oshirish natijasida "Olmaliq KMK" AJ rangli va qimmatbaho metallar, shuningdek, boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
YUKLAB OLISH (pdf, 235 Kb)