• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2021 yil yakunlari boʻyicha bo’yicha tahliliy ma’lumotnomasi

06 Yanvar 2022, 16:34 3327

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2021 yil yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda 117,6 %ga.

2020 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti oʻsish sur’ati 100,1% ni tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,3 %, shu jumladan 100,4 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 90,0 %, shu jumladan 101,6 % oʻz xom ashyosidan, 104,8 % sulfat kislotasi, 100,9 % affinajli oltin va 101,1 % affinajli kumush, 91,3 % portlandsementni tashkil etdi.

2021 yil yakuni boʻyicha 133,7 % ga mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi PQ-4563 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq 2021 yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 5 039,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni  moʻljallagan, shu jumladan oʻzlashtirish prognozi:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 1 724,0 mln.doll.;

tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan– 336,4 mln.doll.;

tijorat banklarining kreditlaridan – 62,7 mln. doll;

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlardan – 2 916,5 mln. doll.

2021 yil yakuni boʻyicha 467,8 mln. dollar (102,4 %) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 397,4 mln. doll.;

tijorat banklarining kreditlaridan – 1,4 mln. doll.;

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlar xisobidan – 68,9 mln. doll. oʻzlashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2021 yilda 161,4 mlrd. soʻmlik 87 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2021 yil yakuni boʻyicha 87 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 217,2 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 134,5 foizni tashkil etdi.

2021 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 240,9 mlrd. soʻmga yoki 1,8 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2021 yil yakuni boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 604,8 mlrd. soʻmni yoki 4,6 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi, 393,6 mlrd. soʻm yoki 3,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.                                                            

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2022 yil 1 yanvar xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 2609,7 mlrd. soʻmni, shu jumladan muddati oʻtgan qarzlari 139,5 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 4875,4 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.                                 

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 5487 nafar, shu jumladan, ishlab  chiqarishdan tashqari xolda 789 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 2242 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 1744 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 232 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 357 tani tashkil etmoqda, bundan 54 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 303 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Masofaviy oʻqitish.

  1. "Olmaliq KMK" AJ tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini “Ish yurituvchilarining xujjatlarni rasmiylashtirishda talablar jarayonini oʻrganish” maqsadida jami 110 nafar mutaxassislar katnashdi.
  2. OTM talabalar uchun Telegramm kanal orqali masofaviy Onlayn amaliyot tashkil etildi. Onlayn amaliyotda jami 374 talabalar qatnashdi.
  3. 4 nafar mutaxassislar uchun Inxa universitetida “Zoom” ilovasi orqali “Oracle Database 12c R2: Backup and Recovery workshop” malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyundagi ”Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻlik soxalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PK-5159-sonli Qarori, va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi tomonidan qabul qilingan 00883-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti “MISiS” Olmaliq filiali hamkorligida kombinat korxonalarida kon ishi yoʻnalishi (er osti ishlari) boʻyicha faoliyat yuritayotgan 46 nafar muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish maqsadida masofaviy kurslar tashkil etildi.

Kollejlar bilan hamkorlik.

      Kon-metallurgiya kollejining ta’mirlash ishlari 85%ga bajarildi va kollej moddiy bazasiga kompyuter va jihozlar keltirildi. Kombinat tarkibiy boʻlinmalarida Olmaliq kon-metallurgiya kollejidan 302 nafar va Olmaliq arxitektura qurilish texnikumidan  19 nafar oʻquvchilar amaliyot oʻtashmoqda. Konchilik va kon-metallurgiya kollejlaridan 2019 yilning 830 nafar, 2020 yilning 138 nafar bitiruvchilariga ishga kirishi uchun yoʻllanmalar berilgan.

Qisqa muddatli oʻquv kurslar.

  • 1153 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
  • 56 nafar tinglovchilar uchun kurslar tashkil etilgan.

Yil yakuniy hisobotida 1209 nafar yoshlar qayta tayyorlash kurslarini tamomlaydi.

Hisobot davrida jami 1400  nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 779 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 398 nafar va ma’lumotsiz 223 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

 Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021 yil yakuni boʻyicha jami 939 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 142 ta – (9 ta Farmon, 24 ta qaror, 4 ta farmoyish, 20 ta bayon, 85 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 795 ta (64 ta qaror, 18 ta farmoyish, 110 ta bayon, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 322 ta, kotibiyat topshiriqlari – 281 ta).

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojatlarni sinchiklab koʻrib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Boʻlimda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

2021 yil davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 3971 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 2044 tasi yozma va 275 tasi elektron, 328 tasi ogʻzaki murojaatlar.

Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta’minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.

YUKLAB OLISH (pdf, 226 Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech