• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2022-yil yakunlari bo'yicha tahliliy ma'lumotnoma

05 Yanvar 2023, 15:17 2510

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2022-yil yakuni boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlari 108,3 foizga bajarildi.

2021-yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o‘sish sur'ati 96,2 % ni tashkil etdi. O‘sish suratining pasayishiga Qizilqum fosforit kompleksining va Sement zavodlarining “Olmalik KMK” AJ tasarrufidan chiqarilishi, shuningdek yanvar oyidagi “Blekaut” sabab bo‘ldi.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 foizga, shu jumladan 99,4 foizga o‘z xom ashyosidan, metalli rux 100,1 foizga, shu jumladan 104,8 foiz o‘z xom ashyosidan, 103,4 foizga sulfat kislotasi, 100,3 foizga affinajli oltin va 100,3 foizga affinajli kumushni tashkil etdi.

2022-yil yakuni boʻyicha 946,7 mln.doll. (110,7 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 766,0 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishni mo‘ljallangan.

2022-yil yakunlari boʻyicha 788,8 mln. dollar (102,7%) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi, shu jumladan:

  • korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan – 473,8 mln. doll.
  • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kreditlar – 315,0 mln. doll.

 O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori 2022-yil 24-yanvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022-yil 31-yanvardagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2022-yilda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 236,9 mlrd. so‘mlik 108 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

2022-yil yakunlari boʻyicha 108 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 334,1 mlrd. so‘mni yoki prognozga nisbatan 141,0 foizni tashkil etdi.

2022-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 328,0 mlrd. so‘mga yoki 3,0 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.

2022-yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 335,7 mlrd. so‘mni yoki 3,0 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 203,1 mlrd. so‘m yoki 1,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to‘lovlarini kamayishini ta'minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2023-yil 1-yanvar holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 10 063,2 mlrd. so‘mni, shu jumladan muddati o‘tgan qarzlari 88,2 mlrd. so‘mni, kreditorlik qarzlari 1 702,1 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 6222 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari holda 1441 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirish bo‘yicha 2052 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 1957 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 760 nafar kishi o‘qitildi.

“Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 272 tani tashkil etmoqda, bundan 39 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 233 ta talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 1198 nafar, jumladan kollej bitiruvchilarining 625 nafari, oliy ta'lim bitiruvchilari 367 nafar va ma'lumotsiz 206 nafar kishi ish bilan ta'minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlar va topshiriqlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-yil yakuni bo‘yicha jami 1031 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 171 ta – (11 ta Farmon, 34 ta Qaror, 2 ta Farmoyish, 26 ta Bayon, 98 ta topshiriq);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 857 ta (42 ta Qaror, 16 Farmoyish, 92 ta Bayon, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 349 ta, kotibiyat topshiriqlari – 358 ta).

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab ko‘rib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Bo‘limda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

2022-yil davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 3811 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 3714 ta ariza o‘z muddatida ko‘rib chiqilgan, 97 tasi ko‘rilish jarayonida.

Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta'minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.

YUKLAB OLISH (pdf, 143 Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech