• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2019 yil 9 oy yakunlari boʻyicha tahliliy ma'lumotnomasi

06 Oktyabr 2019, 12:9 1625

"Olmaliq KMK" AJ jamoasi 2019 yil 9 oyi davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni quyidagicha ta'minladi:

  • joriy narxlarda 108,2% ga;
  • solishtirma narxlarda 107,9% ga.

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2018 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 131,5 % tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 107,1 % shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 101,5%, rux metalli 109,0% shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 100,8%,  sul'fat kislotasi 101,5 %, molibden uch okisi 73,6%, affinajlangan oltin 104,2 % va affinajlangan kumush 137,1 %, portlandsement 102,4 % ga bajarildi.

Bu yil 8 maydan boshlab molibden uch okisi ishlab chiqarish sexi to’xtatildi (Asos - Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi xulosasi).

2019 yil 9 oyiida eksport qilingan mahsulotlar 101,9% ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan istiqbol bo’yicha 1 532,2 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan “Uch-Quloch konini o’zlashtirish” loyixasi (8,4 mlrd. so’m) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2018 yildagi PQ-4077-sonli qaroriga muofiq to’xtatib qo’yildi va 2019 yil kapital qo’yilmasining umumiy qiymati 1 523,9 mlrd. so’mni tashkil etdi.

shu jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 747,0 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 736,2 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 40,7 mlrd. so’m.

2019 yil 9 oyi davomida amalda 1323,3 mlrd. so’m (162,7 %) investitsiya o’zlashtirildi, jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 604,2 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 667,9 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 51,0 mlrd. so’m.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 48,3 mld so`mlik 59 ta loyihani amalga oshirmoqda.

2019 yil 9 oyi davomida qiymati 83,5 mlrd. so`mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 127,6% ga erishildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida"gi PQ-2298-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli parametrlarini bajarish ko'zda tutilgan va 2019 yil uchun tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish 29,6 mln. dollarga amalga oshirish mo’ljallangan.

2019 yil 9 oyi uchun 22,0 mln. dollar yoki istiqbolga nisbatan 100,6%ga bajarilgan.

2019 yilda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha ishlab chiqarish tannarxini 154,2 mlrd. so'mga yoki 3,1% ga kamaytirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

2019 yil 9 oyida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishi natijasi kutilgan natijaga nisbatan 394,4 mlrd. so'm yoki 10,9% ni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini - 169,7 mlrd. so'mga yoki 13,0% ni tashkil etdi. Vazifa 3,5 baravarga bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2019 yilda qiymati 14 911,6 ming dollarlik 222 ta texnologik jihozlarni almashtirish va moderinizatsiya qilish ko`zda tutilgan.

2019 yil 9 oyi davomida qiymati 3081,3 ming dollarlik 78 ta texnologik jihozlar almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.

2019 yil uchun "Olmaliq KMK" AJda yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, 2019 yil 9 oyi davomida ularni bajarish hisobiga kutilayotgan ko`rsatkichlar quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 40,7 mln. kVt/s; 
  • yoqilg’i – 15,5 m³;
  • issiqlik energiyasi manbaalarini 24,2 mlrd. so`mga iqtisod qilindi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 4515 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 1736 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 1375 kishi, shu jumladan 353 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.

2019 yilda kombinatning tarkibiy bo'linmalarida kasb-hunar kollejlarining 2497 nafar o'quvchisi amaliyot o'tashdi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taqsimlanishi tasdiqlandi va mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tgan 580 bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi.

2019-2020 o'quv yilida kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqildi. Kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarga 2030 yilgacha bo'lgan ehtiyoj aniqlandi.

“Olmaliq KMK” AJ 4 ta O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi, shu jumladan:

  1. Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali;
  2. “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali;
  3. Navoiy davlat konchilik instituti;
  4. “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti.

2019-2020 o’quv yilida “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universitetida 112   nafar “Olmaliq KMK” AJ yo’nalishida talaba o’qimoqda. Shulardan 82 kishi bakalavr, 27 kishi magistr, 3 kishi sirtqi bo’limda o’qishadi.

“MISIS” MTTU Olmaliq filialida 9 kishi kombinat hisobidan taxsil olishmoqda.

I.Karimov nomidagi Toshkent davlat universitetining Olmaliq filialida 200 kishi o’qiydi.

NavDKI sirtqi bo'limida 20 nafari kombinat ishchi-xodimlari. Kirish imtihonlari natijalariga ko'ra 2 kishi Davlat boshqaruvi akademiyasiga o'qishga kirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga sirtqi va kechki bo'limlariga kamida 5 yillik ish stajiga ega xodimlar qabul qilinadi. Tavsiya xatlari kombinatning 114 nafar xodimlariga berildi.

2019-2020 o'quv yilida Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha strategik dasturiy tadbirlar ishlab chiqildi. 2030 yilgacha universitet bitiruvchilariga bo'lgan ehtiyoj aniqlandi.

Hisobot davrida 1013 nafar kasb-hunar kollejlari va 279 nafar Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da qiymati 69,3 mlrd so’mlik 37 ta tadbir ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2019 yil 9 oyi davomida 11,2 mlrd. so’mlik tadbirlar amalga oshirildi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshirig’lari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ijro intizomini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish xizmati (26 aprel 2017 yildagi 322-sonli buyruq) tashkil qilindi va ijro intizomi holatining tanqidiy tahlilini va tizim tartibi o’rnatildi.

Joriy davr davomida o’rnatilgan muddatda hujjatlarni bajarilishi nazoratini ta’minlah va hisobot tizimini tadbiq etishni tashkillashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunlari va aktlari, Hukumat qarorlarini joylarda   bajarilish holatini o’rganish ishlari olib borildi. Kombinatning ish rejasiga muvofiq tahliliy ma'lumotnomalar bilan rasmiylashtirilgan bayonnomalar tuziladi.

Qarorlar ijrosini bajarilishini tanqidiy tahlili, kelib chiqgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2019 yilning boshidan “Olmaliq KMK” AJ da jami rasmiylashtirilgan aktlar 663 ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig topshirig’i - 156 ta (13 ta Farmon, 24 ta Qaror, 1 ta Farmoyish, 17 ta bayonot topshirig`i), 101 ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i, 507 ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va aktlari (48 ta Qaror, 18 ta Farmoyish, 53 ta bayonot, 216 ta Bosh vazir va uning o’rinbosar, maslaxatchilarining topshiriqlari, 172 ta Vazirlar Mahkamasining kotibiyati topshiriqlari) hisoblanadi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.

2019 yilning 9 oyida 3383 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha 805 ta ariza bo'yicha choralar ko'rildi, 65 ta qonun hujjatlari talablariga muvofiq ko'rib chiqilmagan, 2337 ta murojaatlar bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 131 ta murojaat ko'rib chiqilmoqda, 16 ta ariza rad etildi, 29 ta murojaat tegishli tashkilotlarga jo’natildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

YUKLAB OLISH (pdf, 235 Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech