Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33"Olmaliq KMK" AJ jamoasi 2020 yil 9 oyligi davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni quyidagicha ta'minladi:
Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2019 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 103,0 % tashkil etdi.
Mis katodini ishlab chiqarish 102,5 %, shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 110,3%, rux metalli 72,7%, shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 100,0%, sul'fat kislotasi 97,7 %, affinajlangan oltin 102,2 %, affinajlangan kumush 131,7 %, portlandsement 82,7 %ga bajarildi.
2020 yil 9 oyda eksport qilingan mahsulotlar 95,1% ni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar – sentyabr oylari davomida 41,0 ming t mis mahsulotlari, 3,8 ming t metall ruxi, va 1371,4 ming t portlandsement O’zbekiston Tovar xom ashyo birjasi orqali sotuvga chiqarilgan va ulardan 29,7 ming t mis mahsulotlari, 3,1 ming t metall ruxi va 1318,2 ming t portlandsement jo'natildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan 249,4 mln. dollarlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan, shu jumladan:
2020 yil 9 oyi davomida amalda 183,7 mln. dollar (107,2 %) investitsiya o’zlashtirildi, jumladan:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2020 yildagi "2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to`g’risida"gi VMQ-136-sonli qaroriga binoan, 2020 yilda "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 120,0 mld so`mlik 49 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.
2020 yil 9 oyida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish 63 ta loyiha bo'yicha 110,1 mlrd. so'm yoki istiqbolga nisbatan 119,1% ni tashkil etdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2020 yilda qiymati 13 824,0 ming dollarlik 189 ta texnologik jihozlarni almashtirish va modernizatsiya qilish ko`zda tutilgan.
2019 yilning 9 oyida qiymati 3070,6 ming dollarlik 30 ta texnologik jihozlar modernizatsiyalandi va almashtirildi.
2020 yilda mahsulot tannarxini 338,9 mlrd. so'mga yoki 3,2% ga kamaytirishni nazarda tutuvchi mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.
2020 yilning 9 oyida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishining kutilayotgan natijasi 965,6 mlrd. so'm yoki 12,4% ni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 698,7 mlrd. so'mni yoki 8,9% ni tashkil etadi.
Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
01.10.2020 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik 729,6 mlrd. so'mni, shu jumladan 134,2 mlrd. so'mlik muddati o'tgan qarzdorlik, 939,4 mlrd. so'mlik kreditorlik qarzdorlikni tashkil etadi.
Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.
Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 4798 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 1708 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 1476 kishi, shu jumladan 260 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.
O’quv markazida masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish borasida dastur ishlab chiqildi. Ushbu o’quv metodini tashkillashtirish uchun O’quv markazining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, ta’limning asosiy yo’nalishlari bo’yicha kombinat bo’linmalaridagi mutaxassislar jalb qilindi.
Masofaviy ta'limni joriy etish dasturiga muvofiq elektron hujjat aylanishi tizimi, elektron hujjatlar bazasi ishlab chiqildi, edu.agmk.uz platformasida kutubxona (bilimlar bazasi) ning elektron versiyasi ishga tushirildi. O'quv dasturlari bo'yicha videoyozuvlarni suratga olish tashkil etildi. Tashkil etilgan o'quvchilar guruhlari uchun Telegram-kanal ishga tushirildi.
Avgust oyida kombinat ishchilarini “Sanoat xafvsizligi” yo’nalishi bo’yicha masofaviy o’qitish yo’lga qo’yildi. Mashg’ulotlar maxsus ishlab chiqilgan dastur va metodlar bo’yicha olib borildi.
2020 yilning 9 oyi davomida 553 nafar kombinat ishchisi masofaviy ta’limda o’qitildi.
2020 yil 12 avgustdagi 2452-sonli “Amaliyotlarni masofaviy usulda o’tkazish to’g’risida”gi farmoyishga asosan kombinat faoliyatiga oid video va media fayllar joylashtirilgan “Onlayn amaliyot” telegram kanali faoliyati yo’lga qo’yildi. Avgust – sentyabr oylarida 43 nafar MTTU MISiS talabalari bilan onlayn amaliyot tashkil etildi.
“Olmaliq KMK” AJ o’nlab O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi. Umumiy talabalar soni 344 nafar, shu jumladan O’zbekistonda:
Rossiya Federatsiyasida:
2020 yilda OTM va akademiyalarni kombinat mablag’lari hisobidan 106 kishi tamomladi, shu jumladan:
2019-2020-o'quv yilida Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha strategik dasturiy tadbirlar ishlab chiqildi. 2030 yilgacha OTM bitiruvchilariga bo'lgan ehtiyoj aniqlandi.
Hisobot davrida kasb-hunar kollejlarining 662 nafar o’quvchilari kombinat tarkibiy korxonalarida amaliyot o’tashdilar.
46 nafar ilm-fan mutaxassislari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va o’qituvchilar kombinatning tarkibiy bo’linmalarida stajirovka o’tadilar.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taqsimlanishi tasdiqlandi va 780 nafar Olmaliq konchilik va kon-metallurgiya kollejlari, 25 nafar Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji, 27 nafar Denov tog’-kon sanoat kasb-hunar kolleji, 28 nafar Angren kimyo-texnologiyalari kolleji bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi. Bundan tashqari, kasb-hunar kollejlari tomonidan taqdim etilgan reyting natijalariga ko'ra, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ro'yxati shakllantirilib, ularni ishga joylashtirish maqsadida yo'nalishlar berildi.
Shu kunga qadar 470 nafar kasb-hunar kollejlari va 170 nafar OTM bitiruvchilari kombinatga ishga joylashtirildilar.
Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshirig’lari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ijro intizomini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish xizmati (26 aprel 2017 yildagi 322-sonli buyruq) tashkil qilindi va ijro intizomi holatining tanqidiy tahlili va tizimi tartibi o’rnatildi.
Butun davr davomida o’rnatilgan muddatda hujjatlarni bajarilishi nazoratini ta’minlash va hisobot tizimini tadbiq etishni tashkillashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunlari va aktlari, Hukumat qarorlarini joylarda bajarilish holatini o’rganish ishlari olib borildi. Kombinatning ish rejasiga muvofiq tahliliy ma'lumotnomalar bilan rasmiylashtirilgan bayonnomalar tuziladi.
Qarorlar ijrosini bajarilishini tanqidiy tahlili, kelib chiqgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida “Olmaliq KMK” AJda jami rasmiylashtirilgan aktlar 559ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig topshirig’i va aktlari - 103ta (5 ta Farmon, 16 ta Qaror, 1 ta Farmoyish, 11 ta bayonoti, 70 ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i), O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va aktlari - 456 ta (46 ta Qaror, 13 ta Farmoyish, 57 ta bayonot, 188 ta Bosh vazir va uning o’rinbosar, maslahatchilarining topshiriqlari, 152 ta Vazirlar Mahkamasining kotibiyati topshiriqlari) hisoblanadi.
2020 yilning sentyabr oyida “Olmaliq KMK” AJda 56 ta akt ro’yxatga olingan bo’lib, shundan:
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojaatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil etilgan.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 1996 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha 1906 ta ariza bo'yicha choralar ko'rildi, 46 tasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ko'rib chiqilmagan, 1034 ta murojaatlar bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 90 ta murojaat hozirgi kunda ko'rib chiqilmoqda.
Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal xizmatlar masalalari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa bo’limlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.
YUKLAB OLISH (pdf, 461 kB)