Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2022-yil I chorak yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishdi:
- amaldagi narxlarda –119,4 % ga.
2021-yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o‘sish sur'ati 98,3 % ni tashkil etdi.
Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 % , shu jumladan 92,3 % o‘z xom ashyosidan, metalli rux 93,0 %, shu jumladan 101,7 % o‘z xom ashyosidan, 101,3 % sulfat kislotasi, 100,2 % affinajli oltin va 100,9 % affinajli kumush, 67,4 % portlandsementni tashkil etdi.
2022-yil I chorak yakuni boʻyicha 154,2 % miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabrdagi PQ-72 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi karroriga muvofiq 2022-yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 766,0 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishni mo‘ljallagan, shu jumladan oʻzlashtirish prognozi:
2022-yil I chorak yakunlari boʻyicha 44,9 mln. dollar (100,6 %) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi, shu jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezentining qarori 2022-yil 24-yanvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2022-yilda 208,7 mlrd. so‘mlik 97 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.
2022-yil I chorak yakunlari bӯyicha 75 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 59,6 mlrd. so‘mni yoki prognozga nisbatan 132,5 foizni tashkil etdi.
2022-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 328,0 mlrd. so‘mga yoki 3,0 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
2022-yil I chorak yakunlari bӯyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 44,8 mlrd. so‘mni yoki 1,8 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 38,2 mlrd. so‘m yoki 1,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to‘lovlarini kamayishini ta'minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2022-yil 1-aprel holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 2917,5 mlrd. so‘mni, shu jumladan muddati o‘tgan qarzlari 135,7 mlrd. so‘mni, kreditorlik qarzlari 5896,6 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 1387 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari xolda 254 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirish bo‘yicha 536 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 470 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 192 nafar kishi o‘qitildi.
“Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 357 tani tashkil etmoqda, bundan 54 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 303 ta talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim olmoqda.
Hisobot davrida jami 277 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari
144 nafari, oliy ta'lim bitiruvchilari 107 nafar va ma'lumotsiz 26 nafar kishi ish bilan ta'minlandi.
Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.
Yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.
Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2022-yil I chorak yakuni bo‘yicha jami 242 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 41 ta – (1 ta Farmon, 9 ta qaror, 1 ta farmoyish, 8 ta bayon, 22 ta topshiriq);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 201 ta (11 ta qaror, 3 farmoyish, 25 ta bayon, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 63 ta, kotibiyat topshiriqlari – 99 ta).
Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab ko‘rib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmalik KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Bo‘limda xar kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.
2022-yilning I choragi davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 604 ta murojaat kelib tushgan. 402 ta yozma va elektron ravishda, 202 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan.
Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta'minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.
Yuklab olish (Format: pdf, hajmi 204 Kb )