• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2022-yil 9 oy yakunlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnomasi

10 Oktyabr 2022, 15:32 2753

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2022-yil yanvar-sentabr yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –112,2 %.

2021-yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o‘sish sur’ati 96,6 %ni tashkil etdi. O‘sish suratining pasayishiga Qizilqum fosforit kompleksining “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidan chiqarilishi, shuningdek yanvar oyidagi “Blekaut” sabab bo‘ldi.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 %, shu jumladan 98,6 % o‘z xom ashyosidan, metalli rux 102,0 %, shu jumladan 106,2 % o‘z xom ashyosidan, 105,8 % sulfat kislotasi, 100,4 % affinajli oltin va 98,4 % affinajli kumush, 50,7 % portlandsementni tashkil etdi.

2022-yil yanvar-sentabr yakuni boʻyicha 125,4 % mahsulotlar eksportga sotildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 766,0 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan.

2022-yil yanvar-sentabr yakunlari boʻyicha 257,4 mln. dollar (101,9 %) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan – 201,9 mln. doll.

to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kreditlar – 55,4 mln. doll.

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022-yil 31-yanvardagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2022-yilda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 236,9 mlrd. so‘mlik 108 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

2022-yil yanvar-sentabr yakunlari boʻyicha 104 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 222,7 mlrd. so‘mni yoki prognozga nisbatan 130,0 foizni tashkil etdi.

2022-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 328,0 mlrd. so‘mga yoki 3,0 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.

2022-yil yanvar-sentabr yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 480,7 mlrd. so‘mni yoki 5,9 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi  334,5 mlrd. so‘m yoki 4,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to‘lovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2022-yil 1-oktabr holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 6588,7 mlrd. so‘mni, shu jumladan muddati o‘tgan qarzlari 95,2 mlrd. so‘mni, kreditorlik qarzlari 2065,9 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas. 

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 4787 nafar, shu jumladan, ishlab  chiqarishdan tashqari holda 1069 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirish bo‘yicha 1659 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 1509 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 584 nafar kishi o‘qitildi.

“Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 272 tani tashkil etmoqda, bundan 39 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 233 ta talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 963 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 492 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 290 nafar va ma'lumotsiz 181 nafar kishi ish bilan ta'minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-yil yanvar-sentabr yakuni bo‘yicha jami 749 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 97 ta – (7 ta Farmon, 18 ta qaror, 1 ta farmoyish, 17 ta bayon, 54 ta topshiriq);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 649 ta (31 ta qaror, 12 farmoyish, 70 ta bayon, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 260 ta, kotibiyat topshiriqlari – 233 ta).

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab ko‘rib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmalik KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Bo‘limda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

2022-yilning yanvar-sentabr oyi davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 2086 ta murojaat kelib tushgan. Shundan

1778 ta ariza o‘z muddatida ko‘rib chiqilgan, 308 tasi ko‘rilish jarayonida.

Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta'minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.

YUKLAB OLISH (pdf, 208 Kb) 

Bo`lishmoq:
Text to speech