• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2023-yil yanvar-sentabr oylari yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

10 Oktyabr 2023, 17:42 1321

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2023-yil yanvar-sentabr yakunlari bo‘yicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –103,1foizga.

Mis katodini ishlab chiqarish 95,3 %, shu jumladan 99,2 % o‘z xom ashyosidan, metalli rux 85,4 %, shu jumladan 101,6% o‘z xom ashyosidan, 91,6% sulfat kislotasi, 100,1 % affinajli oltin va 101,0 % affinajli kumushni tashkil etdi.

2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni mahsulotlar eksporti 100,4 % bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabrdagi PQ-72-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi PQ-459-sonli qarori 3 ilovasiga muvofiq 2023 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 1106,7 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilishni mo‘ljallangan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha 730,5 mln. dollar (105,3%) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi, shu jumladan:

  • korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan – 183,3 mln. doll;
  • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kreditlar – 547,3 mln. doll.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 anvardagi PQ-99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2023 yilda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 332,6 mlrd. so‘mlik 137 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha 145 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 308,2 mlrd. so‘mni yoki istiqbolga nisbatan 115,6 foizni tashkil etdi.

2023-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 377,5 mlrd. so‘mga yoki 3,2 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.

2023-yil yanvar-sentabr yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 274,0 mlrd. so‘mni yoki 3,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to‘lovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2023-yil 1-oktabr oyi рolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 3313,7 mlrd. so‘mni, kreditorlik qarzlari 2118,8 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Budjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 5148 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari holda 1148 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirish bo‘yicha 1736 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 1798 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 587 nafar kishi o‘qitildi.

“Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISIS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 189 nafarni tashkil etmoqda, bundan 11 nafar talaba OTMlarning kunduzgi va 178 nafar talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 960 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 400 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 302 nafar va ma’lumotsiz 258 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha jami 476 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 113 ta – (2 ta farmon, 18 ta qaror, 1 ta farmoyish, 11 ta bayon, 81 ta topshiriq);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 361 ta (6 ta qaror, 15 farmoyish, 58 ta bayon, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 177 ta, kotibiyat topshiriqlari – 105 ta).

Bo`lishmoq:
Text to speech