"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
- amaldagi narxlarda –113,9 foizga.
Mis katodini ishlab chiqarish 101,4 %, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 118,9 %, metalli rux 52,5 %, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 102,7%, sulfat kislotasi 91,3%, affinajli oltin 102,6 % va affinajli kumush 100,0 % ni tashkil etdi.
2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha 101,7 mln.doll. (105,4 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.
2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha “Oʻz TXAB” AJdagi birja savdolariga mis mahsulotlari – 20,4 ming tonna, metalli rux – 8,6 ming tonna chiqarildi, shundan 19,8 ming tonna mis mahsulotlari, 8,2 ming tonna metalli rux joʻnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2025-yil 31-yanvardagi 53-son qaroriga muvofiq Investitsiya dasturi tasdiqlangan boʻlib, “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 9 ta yirik loyiha doirasida 869,2 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:
2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha 205,4 mln. dollar (102,1%) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 100,0 mln. doll.
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 105,4 mln. doll.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 753/15-sonli “Togʻ kon metallurgiya sanoati korxonalari ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulot turlarini oʻzlashtirish xamda ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisi”da qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2025-yilda maрalliylashtirish dasturi boʻyicha 1283,9 mlrd. soʻmlik 105 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha 93 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 312,4 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 103,5 foizni tashkil etdi.
2025-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1690,2 mlrd. soʻmga yoki 10,3 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.
2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 231,6 mlrd. soʻmni yoki 8,8 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 201,5 mlrd. soʻm yoki 7,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2025-yil 1 aprel oyi holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 9931,2 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 3723,1 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 2154 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 287 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 424 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 640 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 261 nafar kishi oʻqitildi.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 80 tani tashkil etmoqda, bundan 7 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 73 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.
Hisobot davrida jami 376 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari
207 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 131 nafar va ma’lumotsiz 38 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.
Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.
Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.
Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha jami 1063 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 30 ta – (4 ta qaror, 3 ta farmoyish, 23 ta topshiriq);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 149 ta, (11 ta qaror, 3 ta farmoyish, 25 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 67 ta, kotibiyat topshiriqlari – 43 ta, vazirlik, idora va tashkilotlarning 885 ta xatlari.