• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

10 Yanvar 2025, 15:45 94

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2024 yil yanvar-dekabr yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda – 116,1%.

Mis ishlab chiqarishni  100 foizga, shu jumladan  oʻz xom ashyosidan 107,4 foizga,   metalli rux 71,2 foizga, shu jumladan  oʻz xom ashyosidan 117,1 foizga,  sulfat kislotasi 100,0 %, affinajli oltin 100,5% va affinajli kumush 100,0 foizga bajarildi.

2024 yil yakunlari boʻyicha 610,9 mln.doll. (111,1 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-92-son qaroriga muvofiq 2024 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 2207,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.

2024 yil yakunlari boʻyicha 1943,9 mln. dollar (103,1%) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablag’lari hisobidan – 147,8 mln. doll.;

tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari – 44,9 mln. doll.;

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 1751,2 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori 2022 yil 24 yanvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022-yil 31 yanvardagi 94-sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1502,3 mlrd. soʻmlik 268 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2024 yil yakunlari boʻyicha 268 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 1567,0 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan
103,0 foizni tashkil etdi.

2024 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1329,5 mlrd. soʻmga yoki 10,03 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2024 yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 1670,5 mlrd. soʻmni yoki 12,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.                              

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2025 yil 1 yanvar oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 3945,8 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 5170,3 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.           

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 7376 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 1293 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 2234 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 2489 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 745 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 80 nafarni tashkil etmoqda, bundan 7 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 73 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024 yil yakunlari boʻyicha jami 735 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 149 ta – (7 ta farmon, 13 ta qaror, 11 ta bayon, 118 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 585 ta, (31 qaror, 19 ta farmoyish, 91 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 284 ta, kotibiyat topshiriqlari – 160 ta).

 

Bo`lishmoq:
Text to speech