• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2023-yil yanvar-sentabr oylari yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

28 Oktyabr 2024, 16:48 234

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2024 yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda – 114,6%.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 %, shu jumladan 106,2% oʻz xom ashyosidan, 70,6 % rux, shu jumladan 122,1% oʻz xom ashyosidan, 94,2% sulfat kislotasini tashkil etdi.

2024 yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha 120,1 % mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-92-son qaroriga muvofiq 2024 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 2207,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.

2024 yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha 1419,6 mln. dollar (103,1%) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 119,2 mln. doll.;

tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari – 44,9 mln. doll.;

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 1255,4 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori 2022 yil 24 anvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94 sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1502,3 mlrd. soʻmlik
268 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2024 yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha 262 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 1180,3 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 104,9 foizni tashkil etdi.

2024 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1329,5 mlrd. soʻmga yoki 10,03 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2024 yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 1167,4 mlrd. soʻmni yoki 12,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2024 yil 1 oktyabr oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 2797,8 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 2824,7 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.            

 Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 5990 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 1151 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 1849 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 1936 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 422 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti, Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 80 nafarni tashkil etmoqda, bundan 7 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 73 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 1158 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 546 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 354 nafar va ma’lumotsiz 258 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024 yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha jami 565 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 120 ta – (4 ta farmon, 13 ta qaror, 9 ta bayon, 94 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 444ta, (15 qaror, 12 ta farmoyish, 68 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 225 ta, kotibiyat topshiriqlari – 124 ta).  

Bo`lishmoq:
Text to speech