Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

MA'MURIY IJTIMOIY ISHLAR DEPARTAMENTI

Departament boshlig‘i: Abdullayev Ilhom Izzatullayevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

Bo‘limning asosiy vazifalari va majburiyatlari: 

  • “Olmaliq KMK” AJ ijtimoiy sohasini rivojlantirish, ishchilarning real daromadlarini oshirishga qaratilgan;
  • Ishchilarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
  • “Olmaliq KMK” AJ xodimlari uchun arzon uy-joy qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish;
  • “Olmaliq KMK” AJ ishchilarining davolash-profilaktika va bepul ovqatlanishini, uy-joy va yashash sharoitlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish va dam olish sifatini oshirish;
  • Maktabgacha ta'lim muassasalarida, yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida ishchilarning yehtiyojlarini ta'minlash;
  • Shahar ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun hokimliklar, xayriya jamg‘armalari, uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlari bilan aloqani ta'minlash.
  • Yuqori tashkilotlarning hujjatlari, kombinat rahbariyatining buyruqlari, ko‘rsatmalari va farmoyishlarini o‘z vaqtida nazorat qilish va bajarish;
  • Arzon uy-joylar qurish, Olmaliq shahar yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etishni ta'minlash;
  • Uy-joy kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini obodonlashtirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ta'mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishni ta'minlash va monitoring qilish;
  • Kombinatning maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoitlarning yaxshilanishi nazorati;
  • Maktabgacha ta'lim muassasalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida xodimlarning ehtiyojlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlash;
  • Kombinatning sanoat oshxonalarida tibbiy-profilaktika va bepul ovqatlanishni tashkil etish ustidan nazorat;
  • “Olmaliq KMK” AJ xodimlari uchun madaniy va turmush sharoitlarini yaxshilash, sport va dam olishni rivojlantirishni ta'minlash;
  • Ishchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish va ish joyidagi tibbiy punktlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • Uy-joy fondining saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Xayriya jamg‘armalari va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni tizimli asosda ta'minlash;
  • Ijtimoiy jarayonlarni boshqarish yo‘nalishlarini aniqlash, jamoalarda ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish;
  • Xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirish uchun moddiy, ijtimoiy-madaniy, ma'naviy va psixologik rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, ishga ijodiy munosabat, birgalikdagi faoliyat natijalari uchun jamoaviy va shaxsiy javobgarlik;
  • Uy-joy fondini va ijtimoiy-madaniy ob'ektlarni kuz-qish davriga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • Sanoat oshxonalari, dam olish maskanlari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanatoriy-profilaktoriy va boshqa ijtimoiy-madaniy obyektlar ishini nazorat qilish.
Bo`lishmoq:
Text to speech