MEHNAT MUHOFAZASI VA SANOAT XAVFSIZLIGI BO’LIMI
Bo'lim boshlig'i : Jurayev Shuxrat Turayevich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo'yicha ishlarni tashkil etish.
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini ta'minlash yo'lida nazorat tizimini yaxshilash maqsadida mehnat muhofazasi va sanoat xavsizligi bo'yicha ishlarni takomillashtirish.
- Kombinat tasarrufidagi korxonalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi masalalari bo'yicha ishlarning olib borilishini nazorat qilish.
ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH BO’LIMI
Bo'lim boshlig'i v.b.: Abdurahmanov Davronbek Davlatovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- O'zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining ekologik me'yoriy hujjatlari asosida kombinat tasarrufidagi korxonalarda tabiatni muhofaza qilish negizida olib borilishiga qaratilgan ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati tufayli atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish.
XALQARO HAMKORLIK VA PROTOKOL BO'LIMI
Boʻlim boshligʻi:
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- xorijiy korxonalar, kompaniyalar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va eksport-import operatsiyalari boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va kengaytirish;
- kombinatga tashrif bilan kelayotgan xorijiy davlat delegatsiyalarini qabul qilish va ularni kuzatish ishlarini tashkil etish;
- kombinat boʻyicha xalqaro koʻrgazmalarda, forumlarda ishtirok etish ishlarini tashkillashtirish, kataloglar va koʻrgazma materiallarini tayyorlash;
- manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kombinat xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil etish;
- xorijiy kompaniyalarning tashrif mavzularini kombinat rahbariyati bilan kelishish;
- xorijiy davlat delegatsiyalarining kombinatga tashrifini tegishli boʻlinmalar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil etish;
- kombinatning xorijiy davlatlar bilan hamkorligini yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- xorijiy kompaniya va ilmiy-tadqiqot institutlaridan kelgan va ularga yuboriladigan hamda kombinatning ichki xujjatlarini oʻz vaqtida xorijiy tillarga tarjima qilinishini ta’minlash;
- xorijiy kompaniya va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan muzokaralarni yuqori saviyada tashkil etish;
- xalqaro hamkorlik boʻyicha hisobot materiallarini shakllantirish va tahlil qilish va boshqalar.
YURIDIK DEPARTAMENT
Departament boshligʻi v.b.: Kasimov Sanjar Kadirovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Departamentning asosiy vazifalari:
- shartnomalarning tuzilishi, ijro yetilishi, oʻzgartirilishi va bekor qilinishi belgilangan tartibiga rioya yetilishini, hamda, da’vo-talabnomalarni taqdim yetish va koʻrib chiqish tartibini nazorat qilish;
- shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha da’vo-talabnoma ishlarini olib borish;
- shartnomalar ijrosi yuzasidan oʻzaro tekshirishlar oʻtkazilishini nazorat qilish;
- rahbariyatga imzo qoʻyish uchun taqdim etiladigan shartnomalar loyihalari va u bilan bogʻliq boshqa huquqiy hujjatlar qonun hujjatlarining talablariga muvofiqligini tekshirish;
- tayyorlangan shartnoma loyihasi yoki u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa huquqiy hujjat qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, e’tirozlarni asoslagan holda uni qayta koʻrib chiqishga qaytarish;
- shartnoma munosabatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok yetish;
- shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish;
- shartnoma loyihalari boʻyicha qonun hujjatlarining talablari va normalariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar tayyorlash;
- ishonchnomalarni tayyorlash;
- ichki normativ hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.
- ichki normativ hujjatlar va kombinatning huquqiy xarakterdagi boshqa hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishish;
- Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati masalalari boʻyicha moddiy va prosessual huquq tarmoqlari normalariga huquqiy xulosalar tayyorlash;
- Kombinatning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro munosabatlarida huquqiy qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash;
- sud va huquqni muhofaza qilish organlarida kombinatning huquqiy manfaatlarni ta’minlash;
- da’vo-talabnoma ishlarini yuritishni tashkil yetish va yuridik va jismoniy shaxslar bilan nizolarni suddan tashqari tartibda hal yetish;
- debitor qarzdorlikni undirish ishlarini tashkil yetish;
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro munosabatlarda kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari manfaatlarini himoya qilish;
- Kombinat ishtirok etadigan sud va ma’muriy nizolarni monitoring qilish, sud va ma’muriy amaliyotning dolzarb masalalari boʻyicha sharhlarni tayyorlash;
- yuridik departament faoliyatining haqiqiy koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida va sifatli tahlil qilish va davriy hisobotlarini tayyorlash;
- Kombinat xodimlari va uning tarkibiy boʻlinmalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish;
- Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga oid qonunchilikni huquqiy targʻib qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
- Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga ularning murojaatlari boʻyicha kombinat faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar va huquqiy hujjatlarni topishda yordam koʻrsatish, zarur hollarda ularning normalarini tushuntirish.
KOMPLAENS-NAZORAT XIZMATI
Xizmat boshlig'i v.b.: Jo'rayev Shuhrat Xolbayevich
Boshqarmaning murojaat uchun telefonlari: +998 70 619-15-47, +998 70 619-22-70
E-mail: stop.corruption@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
-
Kombinat, shuningdek, uning tarkibiy bo'linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ISO-37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, kombinat tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, Kombinat tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta'minlash;
-
Kombinat tizimining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatini takomillashtirish;
-
Kombinat tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
-
Kombinat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini ta'minlash va nazorat qilish;
-
korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;
KORPORATIV KOTIBIYAT
Boshliq: Nazarova Shaxista Xasanovna
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: sko@agmk.uz, info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Qimmatli qog'ozlar bozorida Jamiyat faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
- Nizomning bajarilishini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida aksiyadorlar huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish;
- Ixtisoslashtirilgan reestr tuzuvchilar va fond bozorining boshqa ishtirokchilari bilan faol o'zaro hamkorlik qilish;
- Aksiyadorlar, aksiyalar va Jamiyatning boshqa qimmatli qog'ozlarining hisobi va harakati monitoringini amalga oshirish;
- Emissiya va qimmatli qog'ozlar harakati jarayonlarini axborot ta'minotini amalga oshirish;
- Tarkibiy bo'linmalar rahbarlari, shuningdek Jamiyatning, shu jumladan chet ellardagi mulkidan samarali foydalanish va boshqarish masalalari bo'yicha ma'sul xodimlari faoliyati monitoringini olib borish;
- Jamiyatda zamonaviy korporativ boshqaruv, menedjmentni amalga kiritish va joriy etishga yo'naltirilgan tadbirlar kompleksini amalga oshirishda ishtirok etish;
- Jamiyatning yuqori boshqaruv organlari, aksiyadorlari va Jamiyatning ichki boshqaruv organlarining rolini tubdan oshirishga yo'naltirilgan korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflarni tayyorlashda o'zaro bog'lash;
- Jamiyat balansida bo'lgan qimmatli qog'ozlari va mulkini boshqarish, shu jumladan mulklarni baholash va sug'urtalash ishlarini tashkil etishda ishtiroki, Jamiyat binolari va inshootlarini kadastrlash masalalarida Jamiyatning boshqaruv organlarining qarorlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
- Mulkiy munosabatlar sohasida ishlarni tashkil etish va olib borish;
- Jamiyat qo'shma korxonalari faoliyati bo'yicha monitoringni amalga oshirish va hisobot hujjatlarining o'z vaqtida tahlilini olib borish.
ICHKI AUDIT XIZMATI
Boshliq: Kim Pavel Leonidovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Audit boʻyicha qoʻmita va Jamiyatning Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash, ichki audit natijalari asosida Jamiyat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Jamiyat boshqaruv organlariga ichki audit jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tezkor tavsiyalar kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;
- Kuzatuv kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan rejaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha tegishli tekshiruvlar oʻtkazish orqali ichki auditni (har chorakda va hisobot yili yakunlari boʻyicha) amalga oshirish;
- tuzilayotgan xoʻjalik shartnomalarini qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
- Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishda Jamiyatning tarkibiy boʻlinmalariga uslubiy yordam koʻrsatish, ularga moliya, soliq, bank va boshqa qonun hujjatlari masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
- Jamiyatning Kuzatuv kengashiga texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda koʻmaklashish, shuningdek auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalar tayyorlash va taqdim etish.
"OLMALIQ KMK" AJ TOSHKENT SHAHRIDAGI VAKOLATXONASI
Vakolatxona rahbari: Xamidova Feruza Rustamovna
Telefon: (+998 70) 141-04-18
E-mail: predstav@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- "Olmaliq KMK" AJ respublikadagi vazirliklar, idoralar, boshqa korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradi.
JISMONIY SHAXSLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASHNI NAZORAT QILISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BO'LIMI
Bo'lim boshlig'i: Kamilov Abror Baxtiyarovich
Telefon: (+998 70) 619 23 33
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Jismoniy va yuridik shaxslardan kombinat rahbariyati nomiga kelib tushayotgan arizalar, murojjatlar, shu jumladan elektron shakldagi murojjatlarni qabul qilib borish va hisobotini olib borish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar MAhkamasi, turli darajadagi hokimliklarga ko'rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar va arizalar yuzasidan kombinatga yuborilganlarini ham;
- Kelib tushgan arizalar va murojjatlarni to'g'ri va o'z vaqtida ko'rib chiqish va arizachilarga javoblar o'z vaqtida berilishini nazorat qilib borish;
- Kombinatning tarmoq bo'linmalari tomonidan arizalar, murojjatlar va shikoyatlarning ko'rib chiqilishini monitoring qilish va nazorat qilib borish. Ushbu arizalar o'z vaqtida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko'rish;
- Har oyda kombinat rahbariyatiga murojatlarning ko'rib chiqilishi holatlari bo'yicha ma’lumotnoma taqdim etish, zaruriyat talab qilsa mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan ariza va murojatlarni ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlari buzilishiga yo'l qo'ygan xodimlarga choralar ko'rish;
- Boshqaruv raisining taqdimnomasiga ko'ra zaruriyatgan qarab jismoniy shaxslari joylarga chiqqan holda qabul qilishni tasdiqlangan jadvalga ko’ra amalga oshirish.
AXBOROT TAHLILIY ISHLARI VA NAZORAT BO'LIMI
Bo'lim boshlig'i: vakant
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari o'z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimili monitoring va nazoratni amalga oshirib borish;
- Ma’sul xodimlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko'rishi uchun ular xabardor qilinishini ta’minlash, ushbu hujjatlar to'liq hajmda o'z vaqtida, aniq bajarilishini ustidan nazorat olib borish;
- “Olmaliq KMK” AJda ijro intizomi holatini har oyda tahlil qilib borish va yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar bajarilib borishi to'g'risida tahliliy hisobotni tayyorlash.
OFIS-MENEJER XIZMATI
Xizmat boshlig'i v.b.: Asraeva Nigora Anarbaeva
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- Hujjatlar bilan ish yuritish yuzadidan vazifalarni ta'minlab borish.
- Hujjatlar ijrosi ustidan nazorat o’rnatish.