• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Boshqaruv raisining tijorat, xaridlar va mahalliylashtirish bo'yicha o'rinbosari bo'limlari va xizmatlari

MAHALLIYLASHTIRISH BO’LIMI

Boʻlim boshligʻi: Abdullaev Abbas Abdurakhimovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Kombinatning tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish va amalga oshirish.
  • Hisobot yili uchun mahalliylashtirish Dasturi loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvalini tuzish va keyinchalik tasdiqlatish.
  • Tarmoq jadvaliga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi bajarilishining oʻz vaqtida va tizimli monitoringini amalga oshirish.
  • Yuqori darajadagi tashkilotlarga zaruriy hisobot hujjatlarini tayyorlash va taqdim etish.
  • Mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganish.
  • Sanoat yarmarkalarida mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimotini oʻtkazish.
  • Kombinatning mavjud yoki yangi quvvatlarida istiqbolli ishlab chiqarish imkoniyatini oʻrganish maqsadida kombinatning boʻlimlari, xizmatlari va boʻlinmalari bilan birgalikda import qilinadigan mahsulotlar tahlilini oʻtkazadi.
  • Import mahsulotlari tahlili asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Kombinat rahbariyati bilan kelishilgan holda kombinatning mahalliylashtirish Dasturiga kiritish uchun tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarga hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va yuboradi.
  • Har yili hisobot yili uchun mahalliylashtirish Dasturini amalga oshirishning tarmoq jadvalini tuzadi. Ishlab chiqilgan tarmoq jadvali kombinat rahbariyati bilan kelishilgandan soʻng, tasdiqlatish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga yuboradi.
  • Mahalliylashtirish Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli masalalarni batafsil oʻrganadi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
  • Mahalliylashtirish Dasturini monitoring qilish natijalari boʻyicha aniqlangan muammoli masalalarni ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini ta’minlaydi, ularni xal etish maqsadida kombinatning bosh mutaxassislari va boʻlim boshliqlari bilan birgalikda yechimini topishadi.
  • Zaruriyat boʻlgan holda, tasdiqlangan Mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish uchun hujjatlar toʻplamini tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarga tayyorlaydi va yuboradi.
  • Yuqori tashkilotlarning hujjatlarini, shuningdek kombinat rahbariyati va bevosita rahbarning buyruqlari, koʻrsatmalari va buyruqlarini oʻz vaqtida nazorat qilish va bajarilishini amalga oshiradi.
  • Mahalliylashtirish Dasturi ijrosi toʻgʻrisidagi axborotni sifatli va oʻz vaqtida yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etilishini ta’minlaydi
  • Mahalliylashtirish Dasturi boʻyicha statistika hisobotlarini har chorakda respublika statistika organlariga taqdim etib boradi.
  • Mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganadi.
  • Sanoat yarmarkalarida Mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimotini oʻtkazadi.

METALLURGIYA XOM-ASHYOSINI SOTISH VA  YETKAZIB BERISH BOSHQARMASI

Bo'lim boshlig'i v.b.:  Badalov Komil Sunnatovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Asosiy vazifalari:

  • Eksport va tolling shartnomalari shuningdek respublika ichki bozorida qayta ishlash shartnomalari ijrosini ta'minlash.
  • Yaqin va uzoq horij davlatlariga eksport qilish hajmlarini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish hamda "Olmaliq KMK" AJ mahsulotlari tashqi sotuv bozorini kengaytirish.
  • Horijiy firmalarning rasmiy tashriflarini tashkil etish va amalga oshirish. Xorijiy kompaniyalar vakillariga viza bo’yicha ko’maklashish.
  • Sifat menedjmenti tizimida sifat qo’llanmasi talablarini bajarish.
  • Mis mahsulotlari, metalli rux, sulfat kislotalari bo'yicha materiallar muvozanatini o'z vaqtida kiritish va bajarish.
  • Respublikadagi iste'molchilari uchun tayyor mahsulot sotishga shartnoma bilan ta'minlash.
  • Iste'molchilar bilan qayta bog'lanish.

 

Bo`lishmoq:
Text to speech