"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi "Olmaliq KMK" aksiyadorlik jamiyatining tarkibidagi mustaqil ishlab chiqarish boshqarmasi hisoblanadi. ITIB bazasi O'zbekiston Respublikasining Olmaliq shahrida, shaharning janubiy chekkasidagi sanoat zonasida, "Olmaliq KMK" AJning 2-Mis boyitish fabrikasi yaqinida joylashgan.
Boshqarmanining asosiy faoliyat turi: texnologik uskunalarni, quvurlarni, yuk ko'tarish mashinalarining metall konstruksiyalarini kapital ta'mirlash va joriy ta'mirlash, gazni tozalash va shamollatish uskunalarini ishlab chiqarish va ta'mirlash, binolarni va inshootlarni ta'mirlash, kimyoviy himoya ishlari, temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish, texnologik uskunalar va metall konstruksiyalarni yig'ish va o'rnatish ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Boshqarma tarixi
ITIB 2007-yil mart oyida "Olmaliqmetallurgqurilish" trestini qayta tashkil etilishi paytida "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti tarkibida 5 ta bo`limdan iborat bo`lib tashkil topgan va 2009-yil yanvar oyida "Olmaliqmetallurgqurilish" trestidan ITIB "Olmaliq KMK" AJ ning mustaqil ishlab chiqarish boshqarmasi sifatida bilan ajralib chiqqan. 2009-yildan 2017-yilgacha ITIB 4 bosqichda kengaytirildi, №6, №7, №8 ishlab chiqarish bo`linmalari tashkil etildi.
ITIB tarkibida hozirda 9 ta ishlab chiqarish bo’linmalari mavjud:
Bo’linmalar faoliyati va vazifalari:
Ta'mirlash-montaj ishlariga ixtisoslashtirilgan 1-sonli bo`linma
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
Ta'mirlash-montaj ishlariga ixtisoslashtirilgan 1-sonli bo`linma "Olmaliq KMK" AJning quyidagi sexlarida texnologik uskunalar va quvurlarni kapital va joriy ta'mirlaydi:
Ta'mirlash-montaj ishlariga ixtisoslashtirilgan 1-sonli bo`linma tarkibida “Olmaliq KMK” AJ sexlarida nasos vallari va gidrosiklonlarning abraziv qoplamasini yemirilishga bardoshliligini oshirish va xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirish uchun, abraziv qoplamalarni ta`mirlovchi korund sexi mavjud.
Metall konstruksiyalarni va yuk ko'tarish mexanizmlarini tekshirish va ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan 2-sonli bo'linma.
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
Metall konstruksiyalarni va yuk ko'tarish mexanizmlarini tekshirish va ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan 2-sonli bo`linma "Olmaliq KMK" AJning barcha sexlarida kran yo'llari, kranlar va jihozlarning temir yo'l izlari, yuk ko'tarish mexanizmlarining yuk ko'taruvchi konstruksiyalarini kapital va joriy ta'mirlashni amalga oshiradi. Bundan tashqari, ushbu bo`lim muhim tuzilmalarni payvandlash bilan bog'liq barcha ta'mirlash ishlarida faol ishtirok etadi; yuk ko'tarish quvvati 130 va 220 tonna bo'lgan BelAZ og'ir yuk tashiydigan yuk mashinalarini yig'adi va kuzov qismlarini ta'mirlaydi.
Gazni tozalash va shamollatish uskunalarini ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan 3-sonli bo`linma.
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
Gazni tozalash, shamollatish uskunalarini ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan 3-sonli bo'linma quyidagilarni amalga oshiradi: “Olmaliq KMK” AJ ning barcha sexlarida gazni tozalash, aspiratsiya va shamollatish uskunalarini kapital va joriy ta'mirlash, shuningdek havo kanallari va kichik metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi:
4-sonli bino, inshoatlarni ta’mirlash ishlari bo’linmasi.
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
4-sonli bino,inshoatlarni ta’mirlash ishlari bo’linmasi "Olmaliq KMK" AJning sexlarida, binolar va inshootlarni kapital va joriy ta'mirlash, umumiy qurilish, kimyoviy himoya, korroziyaga qarshi ishlarni olib boradi:
Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish va texnologik uskunalarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan 5-sonli bo`linma. (Angren sh.)
Asosiy ishlash tartibi bir smenali.
Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish va texnologik uskunalarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan 5-sonli bo`linma kombinatning Angren kon boshqarmasi sexlari uchun tayyor temir-beton konstruksiyalar, kanal beton plitalar, ishlab chiqaradi; bo`linma shuningdek, Angren kon boshqarmasi Oltin qidirish fabrikasi uskunalarini kapital va joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshiradi
Issiqlik-energetika uskunalarini ta`mirlashga ixtisoslashtirilgan 6-sonli bo`linma.
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
Issiqlik-energetika uskunalarini ta`mirlashga ixtisoslashtirilgan 6-sonli bolinma “Olmaliq KMK” AJning quyidagi sexlarida issiqlik energiyasi uskunalari va quvurlarni kapital va joriy ta'mirlaydi:
7-sonli metall konstruksiyalar va nostandart uskunalarni tamirlash bo`linmasi.
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
7-sonli metall konstruksiyalar va nostandart uskunalarni tamirlash bo`linmasi."Olmaliq KMK"AJ uchun zavod ob'yektlarini kapital qurilishida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun 2012 yil 11 iyuldagi 375-sonli buyrug'iga binoan tashkil etilgan. 7-sonli metall konstruksiyalar va nostandart uskunalarni tamirlash bo`linmasi Kapital qurilish boshqarmasining "Olmaliq KMK" ob'ektlarida qurilish inshootlari va texnologik uskunalarni o'rnatish bo'yicha ishlarni olib boradi. Kapital qurilish boshqarmasining ishlar ko'lami bo'lmagan taqdirda, u "Olmaliq KMK"AJ sexlarida jihozlarni joriy va kapital ta'mirlash, metall konstruksiyalarni o'rnatishda qatnashadi. Bo`lim quyidagi ob'yektlarni qurilishida:
8-sonli Texnologik uskunalarni yig'ish va montaj ishlari bo`linmasi.
Asosiy ishlash tartibi bir smenali, agar zarurati bo'lsa, ikki smenali yoki kecha-kunduz ishlash tartibi tashkil etiladi.
8-sonli Texnologik uskunalarni yig'ish va montaj ishlari bo`linmasi "Olmaliq KMK" AJ 2017-yil 31 martdagi 239-sonli buyrug'iga asosan "Yoshlik-1" va "Yoshlik-2" konlarini o'zlashtirish uchun keladigan texnologik uskunalarni yig'ish va o'rnatishni amalga oshirish maqsadida yaratilgan.
8-bo'linmada"Yoshlik-1" konini o'zlashtirish va "Qalmoqir" ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun EKG-10, EKG-20, EKG-15, EKG-25 kon ekskavatorlari, SBSH-250 burg'ulash qurilmalari, BelAZ-75131 yuk kotarish qobiliyati 130t va 220t samosvallarining korpuslarini yig'ish ishlari olib bormoqda .
Kichik mexanizatsiya bo`linmasi. (KMB)
Ish tartibi bir smenali.
Kichik mexanizatsiyalashgan bo'linmasi (KMB) ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi tarkibidagi alohida mustaqil bo'limdir.
“Olmaliq KMK” AJ tsexlarida ta'mirlash ishlari paytida KMB ITIB bo`limlarini mashinalar va mexanizmlar bilan ta'minlaydi, ITIB balansidagi mexanizmlarni ta'mirlaydi. Shuningdek, KMB ishlab chiqarish ehtiyojlariga binoan zavod tsexlari uchun ko'tarish kranlarini taqdim etadi.
Boshliq: Sulaymonov Xusniddin Axmetovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz