Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Faoliyat turi: Kombinat korxonalarini sanoat texnik suv bilan uzluksiz ta’minlash.
Sanoat suv ta'minoti sexi 1955 yil 1 aprelda “Olmaliq KMK” AJ kombinatining buyrug‘i asosida, elektr tarmoqlari boshqarmasidan ajralib mustaqil sex korxona tizimiga o‘tdi. Uning ixtiyorida zamonaviy texnologik uskunalar, kuchlanishli elektr inshootlari, nasos stansiyalari, uzatish moslamalari, texnologik va transportni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va yordamchi xizmatlar mavjud. Bu juda ko‘p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish. Elektr energiyasini iste'mol qilish bo‘yicha sex kombinat korxonalari orasida beshinchi o‘rinda turadi. Uning ko‘lami shundan dalolat beradiki, xizmat ko‘rsatishning eng yuqori nuqtalari orasidagi masofa 50 km dan oshadigan, joyda 40 ming kilovolt-amperli transformatorli podstansiyalar, 2,5 ming kilovattli elektr dvigatellari, tarmoqlangan havo va kabel liniyalari mavjud. Sanoat suv ta'minoti sexiga katta va mas'uliyatli vazifa - suvni uzluksiz yetkazib berish ishonib topshirilgan. MBF va MBF-2, SZ, MEZ, IEM, SRMZdagi texnologik jarayonlar uni juda katta miqdorda talab qiladi. Barcha kerakli talablarni qondirish uchun shahar tashqarisida ikki yuzga yaqin quduq (skvajin) qurilmalari ishlab turibdi. Ular nasos agregatlaridan va elektr podstansiyalaridan tashkil topgan. Sanoat suv ta'minoti sexi 7ta bo‘limga bo‘lingan. Ulardan umumiy uzunligi 160 kilometr va diametri D 330-1200 mm bo‘lgan suv quvurlari orqali har yili 249 million kubometr suv yetkazib beriladi.
Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi “Olmaliq KMK” AJ kombinatining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
1-bo‘lim - "Yordam" qishlog‘ida bazasi bilan joylashgan.
Bu bo‘lim asosan “Olmaliq KMK” AJ kombinatining ehtiyojlari uchun toza texnik suvni Qoraxtay qirg‘og‘i, Qoraxtay, Tosh-Sartamg‘ali, Tosh - yer osti suv havzalaridan suv olish bilan shug‘ullanadi va bu suvning 1 ko‘tarilishi (1 podyemom) hisoblanadi. Umumiy hisobda 65 nafar yer ostidan suv chiqaruvchi quduqlardan iborat. 1-bo‘lim issiqlik elektr markaziga (IEM) (diametri 1200 mm li beton quvurlari orqali uzunligi 25 km, bosimi 1,3-2,4 kg/sm2) hamda 3 – boʻlimning 2 – suv ko‘tarish nasos stansiyasiga (2 ta diametri 900 mm li beton quvurlar orqali uzunligi 23 km dan oshiq, bosimi 0,3-1,4 kg/sm2) talab qilingan yer osti suvlarini yetkazib beradi.
2-bo‘lim – bazasi №26 sonli podstansiya MBFning eski chiqindilar saqlash ombori (podstansii № 26 nije starix xvostov MOF) tagida joylashgan. Ushbu bo‘lim asosan MBFga eski chiqindi saqlash omborida tindirilgan suvni va chiqindi saqlash omboridan yer ostiga sizgan sizot suvlarini (drenaj) olish bilan shug‘ullanadi.
Uning tasarrufida 43 dona chiqindi saqlash omborining kontur orti quduqlari hamda 8ta D 4000/95 nasos qurilmalaridan iborat. Hozirgi kunda 1ta nasos qurilmasi ish holatida bo‘lib 4500 dan 5700 m3/soatiga MBF ga suv yetkazib bermovda.(1ta diametri 1220 mm li temir vuvur va 2 ta diametri 820 mm li temir vuvurlar orvali umumiy uzunligi 15 km, bosimi 5,6-7,5 kg/sm2)
3-bo‘lim 5ta nasos stansiyasidan iborat.
- MBF hududida II–ko‘tarish nasos stansiyasi joylashgan bo‘lib, o‘ng suv quvuri (praviy vodovod)(diametri 820 mm uzunligi 2,3 km, bosimi 2,8-3 kg/sm2) orqali II-III siklni suv bilan ta'minlaydi, chap suv quvuri (leviy vodovod) (diametri 820 mm uzunligi 2,3 km, bosimi 2,8-3 kg/sm2) orqali Issiqlik elektr markazini (IEM) suv bilan ta'minlaydi, shimoliy suv quvuri (severniy vodovod) (diametri 820 mm uzunligi 1,2 km, bosimi 2,9-3 kg/sm2) orqali MEZni va qisman MBFni suv bilan ta'minlaydi.
- Issiqlik elektr markazi (IEM) yaqinida II-III sikl nasos stansiyasi joylashgan bo‘lib, I-guruh nasoslari asosan MBF-2, SRMZ, sex belazni va opitniy fabrikani texnik suv bilan ta'minlaydi. (diametri 820 mm uzunligi 3,74 km, bosimi 5,5-6,5 kg/sm2)
II - guruh nasoslari Rux zavodini texnik suv bilan ta'minlaydi. ( 2 ta diametri 820 mm uzunligi 0,8 km, bosimi 3,8-4,4 kg/sm2)
- MBF-2 hududida IV ko‘tarish nasos stansiyasi va yangi nasos stansiyasi joylashgan bo‘lib, bular to‘lliq MBF-2 ni suv bilan ta'minlaydi. (diametri 530 mm uzunligi 0,85 km, bosimi 5-6 kg/sm2)
- “Kalmakir” nasos stansiyasi MBF-2 ni oqava suv bilan ta'minlaydi. (diametri 720-820 mm uzunligi 7,8 km, bosimi 1,3-1,4 kg/sm2)
4-bo‘lim –MBF va MBF-2 ning yangi quyqa saqlash ombori atrofida 4-bo‘limning 53, 54- sonli nasos stansiyasi bazasi bilan joylashgan va MBF ni aylanma suv bilan ta'minlaydi. Uning ta'sarrufida 10 nafar SN 3000/197 rusumli nasos qurilmalaridan iborat. Hozirgi kunda 3 nafar nasos qurilmasi ish holatida boʻlib 10500 dan 10700 m3/soatiga MBF ga suv yetkazib bermoqda. (temir quvurlar soni 3 ta, 2 tasi diametri 1220 mm, 1 tasi 1020 mm, umumiy uzunligi 52 km, bosimi 12-14 kg/sm2)
5-bo‘lim - texnologik uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘illanadi.
Bo‘lim tarkibidagi uskunalarga: ekskavator, tirkamali traktor, payvandlash apparati, kompressor va nasoslari kiradi.
6-bo‘lim – Gidrogeologik quduqlarni burg‘ulash va tozalash ishlari bilan shug‘illanadi.
Uskunasi: UGB-10UK burg‘ilash qurilmasi. Hozirda burg‘ulash uskunalari MBF ning chikindi tashlash ombori konturida 61 dona pezometrlarni burgulash ishlariga safarbar etilgan.
7-bo‘lim - MOF-2 va MOF ning yangi quyqa saqlash ombori atrofida joylashgan bo‘lib, vazifasi quyqa saqlash ombori tashqarisidagi 103 nafar quduq nasoslari orqali sizgan sizot suvlarini atrof-muhitga tarqalishini oldini olish va quduqlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi. (diametri 530 mm, uzunligi 4 km)
Boshliq: Kaumtov Raxmatilla Mamatkarimovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz