• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Markaziy analitik laboratoriyasi

Markaziy analitik laboratoriyaning maqsadi, zamonaviy tahlil usullarini o’zlashtirish, asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, xodimlarni oqilona taqsimlash va xodimlarni doimiy ravishda malakalarini oshirish orqali, Buyurtmachiga sinovlarning yuqori darajadagi sifatini kafolatlashdan iborat.

 “Olmaliq KMK” AJ Markaziy analitik laboratoriyasi (MAL) mustaqil tarkibiy boʻlinma sifatida  1967-yilda tashkil etilgan.

Markaziy tahlil laboratoriyasi kombinatning mahalliy sex laboratoriyalaridan tashkil etilgan bo‘lib, uning dastlabki vazifasi texnologik mahsulotlarni aniqlashdan iborat edi.

Yildan yilga kombinatning moddiy xom ashyo bazasining kengayishi, ishlab chiqarish quvvatlarining barqaror rivojlanishi natijasida markaziy tahlil laboratoriyasining maqsad va vazifalari ham o‘zgarib bordi.

Mustaqillik yillarida MALda atom yutilish, spektrning uchqun va yoy qoʻzgʻalishi bilan optik-emissiyali, induktiv-bogʻlangan plazmali optik-emissiyali va rentgen-spektral fluorisentli tahlil usullari ishlab chiqildi, joriy etildi va muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. Jahonnning taniqli kompaniyalari -  PerkinElmer, Mettler Toledo, Sartoruos, SPECTRO, LECO, ELTRA va boshqalarning analitik uskunalari qo'llanilmoqda.

Hozirgi vaqtda markaziy tahlil laboratoriyasi kombinatning barcha hududida joylashgan 9 ta bo'limdan iborat, xususan:

  • probir tahlili va kimyoviy-analitik ishlar bo'limi;
  • fizik-kimyoviy tahlil usullari va uslubiy ishlar bo'limi;
  • tadqiqotlar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi;
  • buzilmaydigan tekshirishlar bo'limi;
  • NM va QQ IIB analitik nazorati bo'limi;
  • Angren quvur zavodi analitik nazorati bo‘limi;
  • Chodak kon boshqarmasining probir-analitik nazorat bo‘limi;
  • Angren kon boshqarmasining probir-analitik nazorat bo‘limi;
  • Kovuldi kon boshqarmasining probir-analitik nazorat bo‘limi.

Faoliyati

Laboratoriya kombinat tomonidan ishlab chiqarilgan barcha tayyor mahsulotlarning standartlar talablariga muvofiqligi, konlarda qazib olish ishlarida foydali qazilmalarning kimyoviy tarkibini, fabrika va zavodlarda texnologik jarayonlarning sifatini, xom ashyo va yordamchi materiallarning sifatini tahlil qilish bo'yicha barcha ishlarning bajarilishini ta'minlaydi. Ish joylaridagi atrof-muhit sharoitlarini nazorat qilish, shuningdek shovqin darajasini, tebranishlarni, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni jihozlar yordamida o'lchashni, ultratovushli tekshiruvini va metall konstruktsiyalarning nuqsonlarini aniqlashni amalga oshiradi.

MALda har kuni mingdan ortiq namunalar tahlil qilinadi. Bunday keng ko'lamli turli xil ishlarni bajarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan xalqaro standartlar va o'lchovlarni bajarish uslublari qo'llaniladi.

MAL, O‘zbekiston Akkredidatsiya organida OzDSt 3410 “Sinov laboratoriyalarining texnik layoqatligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standartiga muvofiq, texnik layoqatligini tasdiqlash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Laboratoriyaning asbob-uskunalar bilan yuqori darajada ta’minlanganligi, malakali ishchilari va muhandis-texnik xodimlari, analitiklar jamoasiga, kombinat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarga bo’lgan talablarni va turlanini ko’paytirish bilan bog’liq barcha vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.

MAL jamoasi muntazam ravishda, London Qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi (LQMBA) tizimida "Yaxshi yetkazib beruvchi (Good Delivery)" maqomi uchun test sinovlari doirasida, o'z layoqatligini tasdiqlab kelmoqda.

Laboratoriya oltin, mis, rux, kumushning davlatlararo standart namunalarini qiyolash sinovlari va attestatlash orqali bir necha bor malaka sinovlaridan o‘tgan.

“Olmaliq KMK” AJ MAL - ish samaradorligi va natijaviyligini oshirishda, ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kombinatning har qanday bo‘linmasi uchun ishonchli hamkor hisoblanadi.

Boshliq: Chadin Mixail Yuryevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz    

 

 

Bo`lishmoq:
Text to speech