• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Markaziy metrologiya laboratoriyasi

Markaziy metrologiya laboratoriyasida boshlang‘ich bosqichda Markaziy avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash laboratoriyasi (MAML) tarkibida 1965-yilda tashkil etilgan guruh sifatida faoliyatini boshlagan.

MAML tarkibidagi guruhlar:

  1. O‘lchash asboblarini idoraviy tekshirish;
  2. Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika vositalarini ta'mirlash;
  3. Tarozi uskunalarini ta'mirlash va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1004-XII – sonli “Metrologiya” qonuniga asosan xolisona ish olib borishi uchun 2001-yilda idoraviy tekshirish guruhi Markaziy avtomatlashtirish va geofizika laboratoriyasidan(MAGL) mustaqil Markaziy metrologiya laboratoriya sifatida ajralib chiqdi va va hozirgi vaqtga qadar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda 11 nafar metrologdan iborat Markaziy metrologiya laboratoriyasi akkreditatsiya doirasida “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi barcha tarkibiy tuzilmalarda umumiy soni 35 mingdan ziyod kelayotgan o‘lchash vositalari (O‘V) uchun metrologiya xizmatlarini (qiyoslash) ko‘rasatib kelmoqda.

Markaziy metrologiya laboratoriyasi ishlab chiqarishning metrologik ta'minoti bo‘yicha “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisining  buyrug‘iga muvofiq tasdiqlagan qiyoslash / kalibrlash reja-jadvallar asosida o‘lchash vositalarini davlat va idoraviy qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni olib boradi.

Markaziy metrologiya laboratoriyasi rahbari: Ergashov Sarvar Sulaymanovich

Bo`lishmoq:
Text to speech