Muhandislik maktabi
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ Muhandislik maktabi – bu kon-metallurgiya, energetika, avtomatlashtirish va mashinasozlik sohasidagi kadrlar malakasini tizimli oshirish hamda ularni kasbiy qayta tayyorlashga ixtisoslashgan kombinatning eng zamonaviy o'quv maskanidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi hamda "Olmaliq KMK" AJ rahbariyati tomonidan Muhandislik maktabi 2024-yilning may oyida tashkil etilgan.
2026-yil 25-fevraldagi kombinat tashkiliy tuzilmasiga oid rasmiy buyruqqa muvofiq, Muhandislik maktabining kombinat O'quv markazidan alohida mustaqil tarkibiy bo'linma sifatida ajralib chiqishi tasdiqlandi. Hozirda maktab bevosita "Olmaliq KMK" AJ Boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosariga bo'ysunadi.
Muhandislik maktabi yiliga 160 nafar muhandis va 1000 dan ortiq ishchi-xodimlarni yuqori saviyada tayyorlash hamda malakasini oshirish quvvatiga ega. O'quv binosida eng so'nggi texnologiyalar bilan jihozlangan 4 ta laboratoriya va 8 ta o'quv xonalari faoliyat ko'rsatmoqda.
ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARIMIZ
- Kadrlar zaxirasini shakllantirish: Sanoat va kon-metallurgiya tarmoqlari uchun istiqbolli, zamonaviy texnologiyalarni boshqara oladigan kadrlar zaxirasini yaratish.
- Kombinat xodimlari malakasini oshirish: "Olmaliq KMK" AJ tarkibidagi korxonalarning ishchi va muhandis-texnik xodimlari malakasini muntazam oshirib borish.
- Yangi quvvatlar uchun mutaxassislar tayyorlash: Kombinatning yirik investitsiyaviy loyihalari, jumladan, 3-sonli Mis boyitish fabrikasi (MBF-3) va "Yoshlik-1" konini o'zlashtirish doirasida yaratilayotgan 5500 dan ortiq yangi texnik ish o'rinlarini malakali kadrlar bilan to'ldirish.
- Yoshlarni qo'llab-quvvatlash: Kasbiy ko'nikmaga ega bo'lmagan kollej bitiruvchilari va ishsiz yoshlarni bepul qayta tayyorlash hamda ularning bandligini ta'minlashga ko'maklashish.
AFZALLIKLARIMIZ
- Dual ta'lim tizimi (40/60): Mashg'ulotlar dual tizim asosida tashkil qilingan: darslarning 40% qismi nazariy bilimlar va 60% qismi kombinatning real ishlab chiqarish maydonlarida amaliy ko'nikmalar berishga yo'naltirilgan.
- Qisqa va samarali muddat: O'quv dasturlarining davomiyligi mutaxassislikka qarab 3 oydan 6 oygacha tashkil etadi.
- Simulyatorlarda o'qitish: Haqiqiy uskunalar bilan ishlashdan oldin tinglovchilar xavfsiz va tejamkor simulyatorlarda (virtual payvandlash va h.k.) dastlabki ko'nikmalarni shakllantirishadi.
- 10 yillik tajribaga ega ustozlar: Darslarni ishlab chiqarishda kamida 10 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega bo'lgan malakali o‘qituvchilar olib borishadi.
- Ishga joylashish imkoniyati: Maktab bitiruvchilariga beriladigan professional litsenziyalangan sertifikatlar kombinat korxonalariga ishga qabul qilinish jarayonlarida ustunlik beradi.
O'QUV DASTURLARI VA KURSLAR
Biz muhandislik yo'nalishlari va ishchi mutaxassisliklar bo'yicha litsenziyalangan dasturlarni taklif etamiz:
- Muhandis kadrlarni tayyorlash yo'nalishlari (Dual tizimda):
- Konchilik ishi
- Rangli va noyob metallar metallurgiyasi
- Foydali qazilmalarni boyitish
- Mexanika
- Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
- Energetika
- Marksheyderlik ishi
- Ishchi kasblar va texnik kurslar (Qisqa muddatli o'quv dasturlari):
- Payvandlash ishlari (yarim avtomat, argon va qo'lda payvandlash) – 3 oy
- Elektromontyor (Elektrik) – 3 oy
- Tokar (Tokarlik va frezerlik dastgohlari operatori) – 3 oy
- Chilangar-ta'mirlovchi – 3 oy
- Kran mashinisti (Mashinist) – 3 oy
- Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish (NOA va A mexanigi) – 3 oy
- Laborant – 3 oy
- Data Science va Sun'iy intellekt (Data Science & AI) – 6 oy
- IT dasturlash (C++) – 4 oy
- Flotator – 3 oy
ZAMONAVIY TEXNO-USTAXONA VA LABORATORIYALAR
Maktabimizda mashinasozlik, energetika, metallurgiya va avtomatlashtirish yo'nalishlarida jami 36 turdagi 217 ta eng zamonaviy o'quv asbob-uskunalari o'rnatilgan:
- CNC tokarlik va frezerlash dastgohlari: Metall buyumlarga yuqori aniqlikda shakl beruvchi va 5 o'qli kompyuterlashtirilgan raqamli dasturli boshqaruv asboblari.
- Gidravlika sinov stendi: Suv, gaz va moy vositasida 30 dan ortiq laboratoriya sinovlarini amalga oshirish imkonini beruvchi stend.
- Plazmali metall kesish qurilmasi: 6000x2000 mm o'lchamdagi metall listlarni plazma yordamida aniq kesish uskunasi.
- Siemens kontrollerlari (PLC) va NOA: Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish sohasidagi 1000 dan ortiq texnologik operatsiyani boshqarish qobiliyatiga ega Siemens stendlari.
- Pnevmatika va elektropnevmatika laboratoriyasi: 30 dan ortiq amaliy laboratoriya ishlarini o'tkazishga mo'ljallangan lab stendlari.
- Virtual payvandlash qurilmasi: Material sarf qilmasdan, 3 xil uslubda payvandlash texnologiyasini mukammal o'rgatuvchi zamonaviy simulyator.
- Mufell laboratoriya pechi va Flotatsiya mashinasi: Metallarni yuqori haroratda eritish hamda laboratoriya sharoitida boyitish jarayonlarini modellashtirish uskunalari.
XALQARO HAMKORLIK
Kombinat mutaxassislarini jahon andozalari asosida o'qitish maqsadida xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi xorijiy hamkor tashkilotlar bilan yaqin aloqalar yo'lga qo'yilgan:
- TU Bergakademie Frayberg (Germaniya) – Frayberg konchilik akademiyasi (konchilik ishi va zamonaviy ta'lim).
- Aurubis (Germaniya) – metallurgiya sohasidagi dunyoning yetakchi konsernlaridan biri.
- FLSmidth (AQSh) – gidrosiklonlar va boyitish jihozlarini loyihalash bo'yicha global yetakchi.
- Metso Outotec (Finlandiya) – foydali qazilmalarni boyitish texnologiyalari.
- Sepro Mineral Systems (Kanada) – boyitish va gravitatsiyalash uskunalari hamkori.
- Catalyst (Kanada) – kadrlar malakasini oshirish loyihalari bo'yicha hamkor.
- ASCON guruhi (Rossiya) – muhandislik loyihalash dasturlari (CAD/PLM) ishlab chiquvchisi.
Muhandislik maktabi direktori: Salimov Begzod Asqarali o’g’li
Telefon: +998 93 182 18 30
E-mail: info@agmk.uz