Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish markazi tarkibida quyidagi bo’limlar mavjud:
- Mis-molibden rudalarini boyitish bo’limi;
- Ikkilamchi mahsulotlarni boyitish bo’limi;
- Tajriba boyitish fabrikasi;
- Pirogidrometallurgiya bo’limi;
- Mis eritish zavodidagi, mis metallurgiya laboratoriyasi;
- Nodir metallar bo’limi;
- Texnik xizmat ko’rsatish guruhi;
Asosiy vazifalari
- "Olmaliq KMK" AJ tarkibiy bo‘linmalarida amaliy fanni rivojlantirish maqsadida mavjud texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.
- Ishlab chiqarishning texnologik darajasini, mahsulot sifatini oshirish, import qilinadigan xom ashyo va materiallarni mahalliylashtirish maqsadida, "Olmaliq KMK" AJning tuzilmaviy bo‘linmalarida yangi texnologiyalarni, jarayonlarni va qurilmalarni joriy etishda o‘z tashabbusi yoki so‘rovi bo‘yicha tadqiqot ishlariga hamrohlik qiladi.
- "Olmaliq KMK" AJ bilan shartnomaviy munosabatlar asosida uchinchi tomon tashkilotlariga ilmiy-tadqiqot ishlari ko’rinishida pullik asosda xizmatlar ko‘rsatadi.
- “Olmaliq KMK” AJ uchun yangi turdagi mahsulotlar olish texnologiyalarini ishlab chiqadi.
- O‘zbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
- "Olmaliq KMK" AJ ilmiy-texnik kengashlarida korxona uchun innovatsion texnologiyalar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi.
- Mehnat unumdorligini yanada oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida fan, texnika yutuqlari va xorijiy korxonalarning ilg‘or tajribasi asosida mehnat va ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtiradi.
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish markazi tomonidan 2022-2026 yillarga “Olmaliq KMK” AJga muhim bo’lgan innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqarildi.
Strategiya maqsadi: yuqori samarador bo’lgan ishlab chiqarish loyihalarini joriy etish.
O’z navbatida yuqori samarador bo’lgan ishlab chiqarish loyihalari uchta yo’nalish bo’yicha belgilab olindi va birinchi navbatda ulardan drayver yo’nalishlar tanlab olindi.
1-yo’nalish bu sanoat chiqindilarini qayta ishlash.
2-yo’nalish ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish.
3-yo’nalish ilgor materiallarni ishlab chiqarish.
4-yo’nalish yarim o’tkazgichlar sanoati uchun yuqori sof materiallar ishlab chiqarish.
Boshliq v.b: vakant
Телефон: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz