• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2 - mis boyitish fabrikasi

Mis boyitish fabrikasining asosiy faoliyati Sari-Cho‘qqi konining mis-molibden rudalarini qayta ishlash  hisoblanadi. Bundan tashqari, u Mis eritish zavodining otval va konvertor shlaklarini qayta ishlaydi, so‘ngra mis konsentrati ishlab chiqaradi.

Fabrika Olmaliqning g‘arbiy qismida, Toshkentdan 69 km janubda joylashgan. Fabrika O‘zbekiston Respublikasi umumiy temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘langan.

Tarixi

2-mis boyitish fabrikasi 1954-yil ishga tushirilgan. Loyiha selektiv flotasiya qilish sxemasiga asoslanib, qo‘rg‘oshin, rux va pirit konsentratlarini ishlab chiqarish uchun Mexanobr instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

1994-yil avgustda OKMK buyrug‘iga asosan 1-, 2- va 3-sonli uchastkalarining texnologik sxemasi Sari Cho‘qqi konining mis rudalarni qayta ishlash uchun texnologik sxemaga o‘zgartirish kiritildi.

1994-yil sentyabrdan boshlab mis-molibden rudalari 1-, 2-, 3-sonli uchastkalarida qayta ishlani boshlandi.

1998-yil mart oyidan boshlab mis-molibden rudalari 6 ta uchastkaning barchasida qayta ishlandi.

Kombinatning buyrug‘i asosida 2004-yil noyabr-dekabr oylarida 2-mis boyitish fabrikasida mis rudasini va Mis eritish zavodining toshqollari aralashmasi qayta ishlashning sanoat sinovlari o‘tkazilib, ijobiy natijalar olindi.

2005-yil yanvari oyidan boshlab fabrika mis rudasi va mis eritish  zavodi shlaklarini alohida qayta ishlashni boshladi.

Olmaliq KMK AJ boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida va Olmaliq KMK AJning 2011-yil 25-iyuldagi 436-sonli buyrug‘i asosida qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasi 2011-yil 1-avgustdan 2-mis boyitish fabrikasi nomiga o‘zgartirildi.

Tuzilma

2-Mis boyitish fabrikasida ayni paytda  Maydalash bo‘limi, Yanchish va flotasiya, sanoat chiqindilarini saqlash bo‘limi, mexanik sexi, xo‘jalik bo‘limi, elektr uskunalari va kommunikasiyalarni ta'mirlash uchastkasi, podstansiya bo‘limi, NO‘A va A xizmati faoliyat yuritib kelmoqda.

Mahsulotlar

2-mis boyitish fabrikasi kollektiv mis molibden konsentrati va shlak xom-ashyosidan mis konsentrati ishlab chiqaradi.

Boshliq: Mirahmedov Hasan Turgunovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

 

Bo`lishmoq:
Text to speech