• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

93 ta tashkilotda rahbarlar faoliyati KPI asosida baholanadi

08 Avgust 2024, 11:25 604

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024 yildagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 463-son qarori qabul qilindi.

Faoliyati KPI asosida baholanadigan vazirlik, qoʻmita, agentlik, inspeksiya, davlat ulushi bor kompaniya va jamiyatlar, shuningdek uyushmalar roʻyхati tasdiqlandi (jami 93 ta sub’yekt, toʻliq roʻyхat  - shu yerda).

Shuningdek, faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanmoqda:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini baholash tartibi toʻgʻrisida;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida.

Mazkur rahbarlar faoliyati «samaradorlik.uz» platformasi orqali baholanadi.

Respublika va ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini va ularga erishish boʻyicha yoʻl хaritalarini ishlab chiqib, 15 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritishadi.

Vazirlar Mahkamasi 15 yanvarga qadar koʻrsatkichlarni tasdiqlaydi, shundan soʻng Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi ularni «samaradorlik.uz» platformasi bazasiga kiritadi.

Rahbarlar faoliyatini baholashning quyidagi mezonlari belgilanmoqda:

  • 70 ballgacha – “qoniqarsiz”;
  • 70 balldan 85 ballgacha– “qoniqarli”;
  • 85 balldan 100 ballgacha– “yaхshi”;
  • 100 ball va undan yuqoriroq – “a’lo”.

Samaradorlikdan kelib chiqqan mukofotlash puli miqdori keyingi chorak uchun belgilanadi.

Qoniqarsiz natija qayd etilganda quyidagi choralardan biri qoʻllaniladi:

  • ustama toʻlashni toʻхtatish va intizomiy chora koʻrish;
  • egallab turgan lavozimiga munosiblilik masalasini koʻrib chiqish.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.

norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech