Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

«Soxta kasallik varaqasi — sudlanganlikka olib keladi».

12 May 2026, 14:12 562

Ishdagi progulni yashirish qanday oqibatlarga olib keladi.

Ba’zan xodimga ishdagi progulni oddiy yoʻl bilan hal qilish mumkinday tuyuladi — mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etish orqali. Tanish-bilishlar yoki vositachilar orqali olingan kasallik varaqasi dastlabki qarashda ishonchli va rasmiy hujjatdek koʻrinadi. Biroq uning haqiqiyligi tekshirilganda, koʻp hollarda soxta hujjatdan foydalanilgani aniqlanadi. Natijada xodimning progulni yashirishga boʻlgan urinishi nafaqat ishdan boʻshatilish, balki jinoiy javobgarlikka ham olib keladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodimning ish joyida boʻlmaganligining uzrli sababini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat asosida xodim ishdan ozod etiladi hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash uchun asos boʻladigan hujjat. Shu sababli amaldagi qonunchilik soxta hujjatni tayyorlash uchun ham, undan foydalanish uchun ham jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.

Holatlardan birida korxona xodimi ishda boʻlmagan vaqtini oqlash maqsadida soxta kasallik varaqasini taqdim etgan. Oʻtkazilgan tekshiruv xodim tomonidan bila turib soxta hujjatdan foydalanilganini tasdiqlagan boʻlib, bu Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etgan.

Yana bir holatda esa xodim nafaqat soxta kasallik varaqasini taqdim etgan, balki uning asosida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini ham olgan. Soxtalik aniqlangach, uning harakatlari nafaqat bila turib soxta hujjatdan foydalanish, balki Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq firibgarlik sifatida ham kvalifikatsiya qilingan, chunki pul mablagʻlari aldash yoʻli bilan olingan.

Jinoiy javobgarlikka tortish uchun shaxs hujjatning soxta ekanligini anglagani va undan muayyan huquqlarni qoʻlga kiritish maqsadida qasddan foydalanganini aniqlash yetarli hisoblanadi.

Soxta kasallik varaqasi — javobgarlikdan qochish usuli emas, balki yanada jiddiy oqibatlarga olib boruvchi toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻldir. Progulni soxta mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan yashirishga urinish xodim uchun intizomiy javobgarlikka tortilish, progul uchun ishdan boʻshatilish, shuningdek jinoiy javobgarlik va sudlanganlikka olib kelishi mumkin.

Yuridik departamenti

Bo`lishmoq:
Text to speech