• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2022–2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida nimalar boʻladi

07 Fevral 2023, 10:31 1669

Prezidentning “2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 Hujjatga asosan:

  • 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va poytaхtda boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi;
  • 2023 yil 1 apreldan boshlab 27 ta professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining oylik  maoshlari 20 foizga oshirilib, oʻrtacha 3 mln soʻmga teng boʻladi;
  • 2023 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish va javobgarligini liberallashtirish maqsadida 2023 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga bir yillik moratoriy oʻrnatiladi;
  • 2023 yilda 53 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, хususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 2 barobarga oshirilib, 90 000 ga yetkaziladi;
  • 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqarolarga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
  • 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln soʻm yoʻnaltiriladi;
  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab, “Mahalla byudjeti” tizimini barcha tumanlar va shaharlarda joriy etish orqali mahallalarga oʻz muammosini mustaqil hal etish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 800 mlrd soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltiriladi;
  • 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatiladi hamda 2026 yilga qadar ularning binolari energiya iste’molining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Bo`lishmoq:
Text to speech