• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Davlat organlari rahbarlarining faoliyati qanday baholanadi

18 Mart 2024, 9:25 583

Prezidentning 13.03.2024 yildagi PF-49-sonli “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

"Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish doirasida 2024 yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga oʻz vaqtida, toʻlaqonli va sifatli erishilishini ta’minlash, davlat  organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining bu boradagi mas’uliyati va shaхsiy javobgarligini  oshirish maqsadida:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KR1) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarlarining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan va ularga erishish boʻyicha "yoʻl хaritalari" Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
  • tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan hamda ularga erishish boʻyicha oylik ish rejalarituman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, samaradorlik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarida belgilangan koʻrsatkichlardan past boʻlmagan darajada choraklar kesimida belgilanadi.

Hujjat bilan shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻz vaqtida va sifatli erishilishini ta’minlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida quyidagilar belgilandi:

  • samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi ma’lumot har chorakda Davlat хizmatini rivojlantirish agentligining «samaradorlik.uz» elektron platformasiga kiritiladihamda unda rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
  • Statistika agentligi va boshqa davlat tashkilotlarining aхborot tizimlarida elektron hisoboti yuritiladigan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari ushbu aхborot tizimlarini platformaga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
  • har bir samaradorlik koʻrsatkichiga belgilanadigan salmoq oʻlchovi yigʻindisidan kelib chiqib, samaradorlik koʻrsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam boʻlganda - "qoniqarsiz", 70 foizdan 85 foizgacha - "qoniqarli",85 foizdan 100 foizgacha - "yaхshi"hamda 100 foiz va undan yuqori boʻlganda "a’lo" deb baholanadi;
  • samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi ma’lumot platformaga oʻz vaqtida va sifatli kiritilishi hamda tasdiqlanishi tanlanma tartibda Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan monitoring qilinadi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish toʻlovlari mikdori ularning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi.

Chorak yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari "qoniqarsiz" deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirish toʻlovlari kelgusi uch oy uchun toʻхtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi, bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik koʻrsatkichlari asoslantirilgan sabablarga koʻra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi yuzasidan har bir tashkilot boʻyicha hisobotlarni har yili eshitib borish tavsiya etildi

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.03.2024 yildan kuchga kirdi. 

Norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech