• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Yashil" iqtisodiyotga oʻtishda shaffoflik qanday ta’minlanadi

05 Dekabr 2024, 15:23 41

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024 yildagi VMQ-800-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida "Yashil" iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Prezidentning 05.06.2024 yildagi PQ-213-son qaroriga muvofiq mazkur hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish konsepsiyasi tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:

  • "yashil" iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish asoslari;
  • milliy shaffoflik tizimining maqsadlari va tamoyillari;
  • milliy shaffoflik tizimini joriy etish boʻyicha institutsional va tashkiliy choralar;
  • milliy shaffoflik tizimida ma’lumotlar bilan ochiq almashish va resurslarni taqdim etish.

Uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi issiqхona gazlari chiqindilari va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq хalqaro standartlarni qabul qilishi kerak.

Shuningdek, ilgʻor tajriba, хalqaro standartlar va хalqaro miqyosda oʻzaro tan olish tizimi tamoyillari asosida milliy shaffoflik tizimining mustaqil verifikatorlarini akkreditatsiya qilish tartibi tasdiqlanadi.

Milliy shaffoflik tizimining asosiy tamoyillari:

  • qonuniylik;
  • monitoring va hisobotning toʻliqligi, shaffofligi va aniqligi;
  • monitoringning uzluksizligi, tekshirish imkoniyati va toʻliqligi;
  • verifikatsiyaning ishonchliligi va mustaqilligi.

Milliy shaffoflik tizimi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Milliy shaffoflik tizimining milliy organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • 2025 yildan boshlab har 5 yilda Parij bitimi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirni baholash asosida iqlim oʻzgarishining oqibatlarini kamaytirish boʻyicha milliy majburiyatlarni belgilash;
  • MRV (monitoring, hisobot berish va tekshiruv) tizimi talablariga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va sifatini nazorat qilish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarida issiqхona gazlari chiqindilarini qisqartirishni muvofiqlashtirish va tartibga solish;
  • issiqхona gazlari chiqindilarini qisqartirishning milliy reyestrini joriy etish, issiqхona gazlarini qisqartirishni milliy va хalqaro darajada amalga oshirishni muvofiqlashtirish, birinchi navbatda milliy manfaatlarni hisobga olgan holda хalqaro majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.

Shu bilan birga BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi doirasida issiqхona gazlari inventarizatsiyasi boʻyicha Milliy hisobot ishlab chiqiladi. Ekologiya vazirligi shuningdek, tabiiy hududlarni boshqarish va muhofaza qilish, oʻrmon fondini kengaytirish, issiqхona gazlarining yutilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash bilan shugʻullanadi.

Issiqхona gazlari chiqindilari inventarizatsiyasi natijalari boʻyicha toʻplangan va qayta ishlangan ma’lumotlar "Yashil iqtisodiyot" onlayn-platformasida joylashtiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.12.2024 yildan kuchga kirdi.

manba:norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech