Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024 yildagi 256-son qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tabiiy monopoliya sub’yekti sifatida e’tirof etish tartibi toʻgʻrisida nizom va Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Tabiiy monopoliya sub’yektlari deb e’tirof etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar monopoliyaga qarshi organning rasmiy saytida har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar e’lon qilinadi.
Tabiiy monopoliya sub’yektini e’tirof etish masalasini koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organ хoʻjalik yurituvchi sub’yektga soʻrovnoma yuboradi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt soʻrovnomani olgan paytdan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan uni toʻldiradi.
Tabiiy monopoliya sub’yektlari deb e’tirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan ma’lumotlarni monopoliyaga qarshi organ tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan soʻrab olish va tahlil qilish tekshirish hisoblanmaydi.
“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq raqobatlashayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi.
Harakatlar quyidagilarga qaratilgan boʻlishi mumkin:
Monopoliyaga qarshi organ quyidagilarni aniqlash uchun tovar bozorlarini tahlil qiladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2024 yildan kuchga kirdi.
norma.uz