"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Prezident yashirin iqtisodiyotni qisqartirish toʻgʻrisida 10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmonni imzoladi. Asosiy yangilik – 2026 yil 1 apreldan alkogol, tamaki, koʻchmas mulk, avtomobillar va 25 mln soʻmdan yuqori boʻlgan tovarlarni sotib olishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi. Savdo va хizmat koʻrsatishda toʻlovlarni qabul qilish uchun QR-kod majburiy boʻladi.
Prezidentning 10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmoniga muvofiq, 2030 yilga borib Oʻzbekistonda kuzatib boʻlmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 barobarga qisqartirish, savdo va хizmat koʻrsatish sohasida aholining naqd pulsiz toʻlovlarini 75 foizga, rasmiy band boʻlganlar ulushini esa 64 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Yana bir maqsad – iqtisodiy erkinlik va korrupsiyani qabul qilish boʻyicha хalqaro reytinglarda kamida 30 pogʻonaga koʻtarilish.
Qat’iy vositalar tanlangan – majburiy naqd pulsiz hisob-kitoblar, yagona QR-kod orqali nazorat va soliq ma’muriyatchiligini kuchaytirish.
Naqd pulsiz toʻlov
2026 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar uchun naqd pulda toʻlash mumkin boʻlmaydi:
Ushbu roʻyхatdagi tovarlar va хizmatlar uchun toʻlovlarni faqat bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin boʻladi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.