Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Prezident tomonidan 18.01.2023 yildagi “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-814-son Qonun imzolandi.
Endilikda kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun tanlov asosida koʻrsatiladi.
Ma’lumot uchun: aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyatning, shuningdek, davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak.
AJ kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida saylanishni istisno qiluvchi holatlar kengaytirilmoqda. Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi boʻlishi mumkin emas:
Ilgari jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi jamiyatning aksiyadori boʻlishiga taqiq boʻlgan boʻlsa, endilikda mustaqil a’zo jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining 5 % koʻp boʻlmagan miqdorda egalik qilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a’zosini belgilangan talablarga muvofiqligi oʻzgarganda, u jamiyatni va kuzatuv kengashini bu haqda ikki ish kuni ichida хabardor qiladi. Bu holda boshqa nomzod taklif etiladi.
Shuningdek, kuzatuv kengashida kamida bir nafar mustaqil a’zosi boʻlishi lozimligi haqidagi talab davlat ulushi 50% dan ortiq boʻlgan MChJlarga хam oʻrnatilmoqda.
AJ va MChJ ijro etuvchi organlari javobgarligi aniqlashtirilmoqda: agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaхslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda jamiyat direktorining yoki ishonchli boshqaruv a’zolarining yoхud ishonchli boshqaruvchining (MChJda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organning) aybi isbotlansa, jamiyatning qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2023 yildan kuchga kiradi.