Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

MTTlar faoliyati boʻyicha murojaatchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar

24 Mart 2026, 13:7 236

Ma’lumki, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq savollar ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Sizga eng ko‘p uchraydigan savollarga javoblar to‘plamini tayyorladik, bemalol sizlarni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

MTTlar faoliyati boʻyicha murojaatchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar quyidagicha:

1. Farzandimni bog‘chaga qayerda va qanday navbatga qo‘yish mumkin?

Siz farzandingizni quyidagi usullar orqali navbatga qo‘yishingiz mumkin:

  • Onlayn:Faqat Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun gov.uz portali orqali.
  • Oflayn:Faqat Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Ixtiyoriy Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borib murojaat qilish orqali. 

“Olmaliq KMK” AJga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) idoraviy muassasalar hisoblangani sababli, ularga navbatga qo‘yish umumiy davlat xizmatlari (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmaydi

OKMK bog‘chalariga navbatga qo‘yish tartibi quyidagicha:

  • Onlayn platforma:Kombinat ishchi-xodimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga onlayn ro‘yxatga olish va yo‘llanma ajratish” axborot tizimi mavjud.
  • Telegram bot:Mazkur xizmatlardan qulay foydalanish uchun OKMKning maxsus telegram messanjeridagi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
  • Shartlar:Bu tizimdan kombinat ishchi-xodimlari o‘z farzandlarini navbatga qo‘yish va yo‘llanma olish uchun foydalanishlari mumkin.
  • Amaliy yordam:Agar onlayn navbatga qo‘yishda tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, kombinatning Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi (IOB) Maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassislariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Tel: 62-87

Muhim: OKMK bog‘chalari idoraviy bo‘lgani uchun, qabul jarayonlari kombinatning ichki buyruq va nizomlari asosida tartibga solinadi. 

 

2. Bog‘chaga onlayn navbatga qo‘yish tartibi qanday?

"Olmaliq KMK" AJ (OKMK) tasarrufidagi bog‘chalarga farzandni navbatga qo‘yish jarayoni kombinat ishchi-xodimlari uchun to‘liq raqamlashtirilgan. Navbatga turish Telegram bot orqali amalga oshiriladi. 

Onlayn navbatga qo‘yish bosqichlari:

  1. Botga ulanish:Avval Telegram tarmog‘idagi kombinat xodimlari uchun mo‘ljallangan (maxsus integratsiya qilingan) @agmk_bot xizmatiga ulaning.
  2. Identifikatsiya:Tizimga kirish uchun xodimning login va paroli kiritiladi.
  3. Bo‘limni tanlash:Bot menyusidan "Bolalar bog‘chasi" (Детский садик) tugmasini tanlang.
  4. Ariza yuborish:"Ariza yuborish" bo‘limi orqali farzandning ma'lumotlarini kiriting va ro‘yxatdagi 15 ta OKMK bog‘chasidan birini tanlang.
  5. Tasdiqlash:Ariza yuborilgach, tizim uni avtomatik ro‘yxatga oladi va sizga 3 kun ichida navbat raqami beriladi. 

Muhim ma'lumotlar:

  • Qamrov:Kombinat ixtiyorida jami 15 ta bog‘cha bor (14 tasi Olmaliqda, 1 tasi Ohangaron tumanida).

 

3. Navbatga qo‘yish tartibi qo‘llanmasi bormi?

Ota-onalar uchun “Bolalar bogʻchasiga elektron arizalar yuborish axborot tizimi” boʻyicha yoʻriqnoma

Axborot tizimiga kirish oynasi orqali tizimga kirish uchun, har bir foydalanuvchi oʻzining telefon raqami (1) va parolini (2) shu nomdagi yacheykalarga kiritishi va keyin “Kirish” (3) tugmasini bosish orqali tizimga kirishi mumkin.

Axborot tizimining yuqori chap burchagidagi  tugmasini bosish orqali menular boʻlimini ochishingiz , soʻng “Mening arizalarim” menusini tanlagan holda “Mening arizalarim” oynasiga oʻtishingiz mumkin boʻladi.

Roʻyhatga olish oynasidagi  tugmasini bosish orqali farzandingizni bogʻchalarga elektron tarzda navbatga qoʻyish uchun arizalarni yuborishingiz mumkin boʻladi.

Arzilarni yuborish 2 bosqichdan iborat boʻlib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Bolaning maʻlumotlari.
  2. Ariza beruvchining turmush oʻrtogʻi maʻlumotlari.

Bolaning maʻlumotlari quyidagilardan iborat:

  1. МТТ joylashgan hudud
  2. МТТ joylashgan tuman
  3. МТТ
  4. Jinsi
  5. Guvohnoma turi
  6. Guvohnoma tartib raqami
  7. Guvohnoma seriyasi
  8. Guvohnoma seriya raqami
  9. Bolaning tugʻilgan sanasi
  10. Familiyasi
  11. Ismi
  12. Sharifi
  13. Manzili
  14. Tugʻilganlik guvohnomasi fayli

 

Yuqorida keltirilgan maʻlumotlar toʻldiriladi. Shundan soʻng  tugmasini

bosish orqali Arizachinig maʻlumotlari toʻldirish oynasiga oʻtiladi.

Agar arizani toʻldirish jarayonini toʻxtatmoqchi boʻlsangiz “Bekor qilish” tugmasini bosasiz va arizani toʻldirish jarayoni bekor qilinadi.

Ariza beruvchining turmush oʻrtogʻi maʻlumotlari quyidagilardan iborat boʻlib:

  1. Jinsi
  2. Ish bilan bandligi
  3. Korxona
  4. Tabel raqami
  5. I.SH.
  6. Lavozimi
  7. Arizachining JSHSHIR raqami (PINFL)
  8. Telefon raqami

Yuqorida keltirilgan maʻlumotlar toʻldiriladi. Agar turmush oʻrtogʻi “Olmaliq KMK” AJ xodimi boʻlsa, korxona tanlanadi va tabel raqami kiritilishi orqali xodimning F.I.SH va lavozimi tizim tomonidan toʻldiriladi. Qolgan maʻlumotlar qoʻlda kiritiladi. Shundan soʻng “Arizani yuborish” tugmasi bosish orqali elektron ariza shaklida sizning soʻrovingiz yuboriladi.

Agar  arizani  toʻldirish  jarayonini  toʻxtatmoqchi  boʻlsangiz  “Bekor  qilish” tugmasini bosasiz va arizani toʻldirish jarayoni bekor qilinadi.

 

4. Nima uchun my.gov.uz navbati “OKMK” AJ bog‘chalariga amal qilmaydi?

“OKMK” AJga qarashli bog‘chalar idora tasarrufidagi (idoraviy) muassasalar hisoblanadi. Ular uchun 2023-yildan boshlab alohida onlayn ro‘yxatga olish tizimi joriy etilgan. Ushbu bog‘chalarga yo‘llanmalar kombinat ishchi-xodimlari uchun ajratiladi. 

 

5. Ota yoki ona tomonidan ariza berilishining navbatga ta’siri bormi?

Yo‘q, navbatga ona yoki ota tomonidan qo‘yilishi uning tezligiga ta'sir qilmaydi. Navbat tizimi faqat ariza berilgan vaqtga qarab shakllanadi. 

 

6. Navbatlar ortga surilib ketishi mumkinmi?

Yo‘q, navbatlar ortga surilishi mumkin emas. Buning asosiy sababi — OKMK bog‘chalariga navbatga qo‘yish tizimi to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, unga inson omili ta’sir ko‘rsata olmaydi. Har bir ariza tizimga tushgan vaqti (soniyasi) bo‘yicha ketma-ketlikda qayd etiladi va dasturiy ta'minot bu navbatni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.

 

6. Nima uchun navbatlar Botda ko‘rinmaydi?

OKMK bog‘chalariga navbatlar Botda ko‘rinmasligining bir necha asosiy texnik va tashkiliy sabablari bo‘lishi mumkin:

  • Tizimdagi uzilishlar yoki yangilanishlar:OKMKning onlayn navbat tizimi va Telegram bot o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayonida texnik profilaktika ishlari olib borilayotgan bo‘lishi mumkin.
  • Identifikatsiyadan o‘tmaganlik:Navbatlarni ko‘rish uchun xodim tizimda o‘z shaxsiy login va paroli orqali to‘liq ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart. Agar ma’lumotlar xato kiritilsa, bot bazadan kerakli arizani topa olmaydi.
  • Arizaning holati:Agar ariza hali tizim tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan yoki ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lsa, u botda "navbat" sifatida aks etmasligi mumkin.

 

8. Nima uchun bola 3 yoshga to‘lsa ham navbati kelmaydi?

Bu asosan tanlangan bog‘chada bo‘sh o‘rinlarning yo‘qligi bilan bog‘liq. Bog‘chada yuqori guruhlar bo‘shab, yangi qabul ochilgandagina (odatda iyun-avgust oylarida) navbat suruladi. 

 

9. Navbat asosan necha yilda keladi?

Bu bog‘chaning joylashgan joyi va undagi talabga bog‘liq.

Bo`lishmoq:
Text to speech