"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Adliya vazirining buyrugʻi bilan sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma rasmiylashtirish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari tasdiqlandi (11.01.2024 y. 3490-son).
Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:
«Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq sanoat namunasi deb e’lon qilingan ob’yektga, agar u yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum boʻlmasa, yangi hisoblanadi.
Sanoat namunasining yangiligini belgilashda ancha avvalroq ustuvorlik bilan berilgan talab qilib olinmagan patent berishga talabnomalar ham hisobga olinadi.
Quyidagilar sanoat namunalari sifatida tan olinmaydi:
Sanoat namunasi muallifi sifatida uni ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaхs tan olinadi. Agar ob’yekt bir nechta shaхslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ularning barchasi, agar kelishuvga koʻra ularning oʻrtasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning teng huquqli hammualliflari deb tan olinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova