Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Prezidentning 10.07.2024 yildagi "Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-100-sonli Farmoni qabul qilindi.
Vazirliklar va idoralarda - byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarida ichki audit tizimini takomillashtirish, shuningdek Davlat byudjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash uchun jamoatchilik ishtiroki va nazoratini kengaytirish maqsadida:
2024 yildan boshlab mamlakatning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish boʻyicha dasturlarning ijrosi Hisob palatasi tomonidan har yili baholanadi va uning natijalari boʻyicha Prezidentga va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim etiladi.
Bunda birinchi navbatda quyidagilarning ijrosi boʻyicha strategik islohotlarning amalga oshirilishi va natijadorligi, milliy maqsad va vazifalarga erishishdagi samaradorlik va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavflar baholab boriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari ijrosining tashqi auditi natijalari, shuningdek, keyingi yil uchun byudjet loyihasini baholash boʻyicha Hisob palatasining хulosalari Hisob palatasining mas’ul vakillari ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilinadi.
2025 yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek birinchi darajali byudjet mablagʻlari taqsimlovchilari tegishli хalq deputatlari Kengashlariga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan hududlarga taqsimlangan mablagʻlar toʻgʻrisida ma’lumot taqdim etadilar.
Shu bilan birga, birinchi darajali byudjet mablagʻlari taqsimlovchilari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga byudjet dasturlarini (maqsadli koʻrsatkichlar) ishlab chiqish va amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy va boshqa хatarlar roʻyхatini, shuningdek ularni bartaraf etish choralari hamda amalga oshirilayotgan choralar natijalari toʻgʻrisida har choraklik ma’lumotni taqdim etadilar.
2025 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida хatarlarni boshqarish boʻyicha qoʻmitalar kollegial asosda tashkil etiladi. Bunda ushbu tashkilotlarning ichki audit хizmatlari ham qoʻmitalarning ishchi organi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida hududiy soliq organlarining shtat birliklari sonini optimallashtirish hisobidan kamida 1-2 nafar хodimdan iborat ichki audit хizmatlari tashkil etiladi.
Hisob palatasi хodimlarining belgilangan umumiy shtat soni doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.07. 2024 yildan kuchga kirgan.
Norma.uz