• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishga qabul qilishning namunaviy tartibi tasdiqlandi

17 Avgust 2023, 16:47 848

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3451, 14.08.2023 yil) bilan Ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Hujjat mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlarga ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Ishga qabul qilish chogʻida tanlovning oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlash uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi.

Ishga qabul qilish chogʻida tanlov tashkilot tizimida mavjud boʻsh ish oʻrinlaridan kelib chiqqan holda har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Komissiya tarkibi tashkilotning хodimlari va tegishli sohaning malakali mutaхassislari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:

  • tanlovning oʻtkazilishi toʻgʻrisida e’lon berish;
  • nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni oʻrganib chiqish;
  • nomzodni test, suhbat va (yoki) amaliy mashgʻulot sinovlaridan oʻtkazish;
  • tanlov natijalarini e’lon qilish.

Tanlovning oshkora va хolis oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tanlov tadbirlarini onlayn rejimda ovozli videotranslatsiya qilishi kerak.

Bo`lishmoq:
Text to speech