"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bizga ko‘pincha voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari uchun imtiyozlar haqida savol beriladi. O‘zbekiston mehnat qonunchiligi ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar uchun muayyan imtiyozlar beradi.
12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p farzandi bo‘lgan yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan qo‘shimcha (ijtimoiy) ta'til beriladi.
Qo‘shimcha ta'tildan foydalanish vaqti ish beruvchi va xodim kelishuvga asosan belgilanadi. U yillik mehnat ta'tiliga qo‘shilishi yoki alohida foydalanilishi mumkin, biroq faqatgina ish yili davomida. Xodim tomonidan belgilangan muddatda foydalanilmagan ijtimoiy ta'til boshqa muddatga o‘tkazilishi mumkin emas. Ijtimoiy ta'tilni kelgusi yilga o‘tkazish yoki pullik kompensatsiyasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xodim har yilgi ijtimoiy ta'tilda bo‘lgan davrida uning ushbu ta'til davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Bundan tashqari, 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan birining (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) iltimosiga ko‘ra, oyda qo‘shimcha bir dam olish kuni berish va shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Kafolatlar berish sharti
Bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) ish sohasida qo‘shimcha kafolatlar berilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan ma'lumotnomani, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani va hokazolarni) ish bervuchiga ish joyi bo‘yicha taqdim etishi kerak.
Biroq, agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa yoki ishlasa hamda mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan kafolatlardan foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga mazkur kafolatlar berilmaydi.
S.Imanova,
Yuridik departamentining yuriskonsulti