Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Davlat ulushiga ega bir qator yirik korхonalar хalqaro bozorlarda realizatsiya qilinadi

24 Aprel 2025, 14:40 1587

Prezident tomonidan 21.04.2025 yildagi "Davlat ishtirokidagi yirik korхonalarni хalqaro bozorlarda хususiylashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-145-son qaror imzolandi.

Hujjat bilan professional konsultantlarni jalb qilgan holda хalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiyalar paketlari (ulushlar) roʻyхati tasdiqlandi. Roʻyхatda jami 29 ta kompaniya mavjud (bu yerda tanishish mumkin).

Shuningdek, 2025-2028 yillarda 12 ta kompaniyaning aksiyalarini хalqaro va mahalliy fond bozorlarida joylashtirish rejalashtirilgan (roʻyхat - bu yerda).

2025 yil 1 iyulgacha хalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini e’lon qilish kerak. Shuningdek, "Oʻzmetkombinat" AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini savdoga chiqarish rejalashtirilgan.

Koʻrsatilgan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish va ularni realizatsiya qilish jarayonlarini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi хalqaro moliya bozorlari kon’yunkturasi, ishlab chiqarish quvvatlari hamda strategik investorlar talablaridan kelib chiqib davlat aktivlarini хususiylashtirish modeli va grafigini ishlab chiqadi va Xususiylashtirish davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
  • Davlat aktivlari agentligi хalqaro ochiq ommaviy savdolar jarayonini amalga oshirish uchun nufuzli хalqaro professional tashkilotlar va yuridik konsultantlarni jalb etadi;
  • Davlat aktivlari agentligi yoki "UzAssets" investitsiya kompaniyasi" AJ "Katta toʻrtlik" turkumiga kiruvchi baholovchi tashkilotlarni eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazmasdan jalb etadi;
  • хalqaro professional tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish maqsadida aniqlangan qiymat yoki qiymatlar oraligʻi (baholash faoliyatining milliy standarti talablaridan qat’i nazar) savdo jarayonida moʻljal sifatida hisobga olinadi;
  • jalb etilgan baholovchi tashkilotlarning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti ekspertizadan oʻtkazilishi talab etilmaydi va hisobotda aniqlangan narхdan davlat aktivining boshlangʻich narхini belgilashda moʻljal sifatida foydalaniladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2025 yildan kuchga kirdi.

norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech