"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33
"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining tijorat, xaridlar va mahalliylashtirish bo'yicha o'rinbosari
Tarjimai holi:
1986-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. 2007-yilda Navoiy davlat konchilik institutini bakalavriatini, 2009-yili Toshkent davlat texnika universitetini (magistratura) tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – konchilik ishi, foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda ishlash.
Mehnat faoliyati:
2003-2007 yy. - Navoiy davlat konchilik instituti talabasi
2007-2009 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
2009-2010 yy. - "Olmaliq KMK" OAJ Qalmoqir kon boshqarmasi sharqiy karyerining 3-darajali burg‘ulash qurilmasi mashinisti yordamchisi
2010-2011 yy. - "Olmaliq KMK" OAJ Qalmoqir kon boshqarmasi sharqiy karyerining ustasi vazifasini bajaruvchi
2011-2015 yy. - "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi mehnat muxofazasi va texnika xafsizligi bo‘yicha 1-toifali muhandis
2015-2015 yy. - "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tog‘-kon, geologiya-qidiruv va transport bo‘linmalari nazorat qilish boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi
2015-2019 yy. - "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tog‘-kon, geologiya-qidiruv va transport bo‘linmalari nazorat qilish boshlig‘i o‘rinbosari
2019-2020 yy. - "Olmaliq KMK" AJ ichki sotuv bo‘limi boshlig‘i
2020-2021 yy. - "Olmaliq KMK" AJ metallurgiya xom ashyosi sotuvi va ta’minoti boshqarmasi ichki bozorda bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari
2021-2021 yy. - "Olmaliq KMK" AJ moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i
2021-2023 yy. - "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b.
2023-2023 yy. - "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi ma'naviy - ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi v.b.
2024y. - h/v - "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining tijorat, xaridlar va mahalliylashtirish bo'yicha o'rinbosari
Vazifalari:
Ishonchnoma, funksional majburiyatlari va ushbu Nizomga muvofiq Kombinatning tijorat faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga binoan oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning funksional vazifalarini bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mahsulotlarni eksport qilish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlarining bajarilishini nazorat qiladi;
import qilinadigan mahsulotlarni tahlil qiladi;
Kombinatning uzluksiz ishlashi uchun zarur boʻlgan xom ashyo va materiallar yetkazib berilishini taʼminlaydi va nazorat qiladi;
xalqaro shartnomalar doirasida imzolangan mahsulotlar importi boʻyicha ikki tomonlama bitimlarning bajarilishini taʼminlaydi;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) korporativ xarid qilish, shu jumladan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni olib kirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni baholash va tanlash uchun xaridlar komissiyasiga rahbarlik qiladi;
mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish uchun tarmoq jadvalining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi;
tasdiqlangan jadvalga muvofiq mahalliylashtirish dasturining bajarilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi;
sanoat yarmarkalarida mahalliylashtirish dasturi doirasida Kombinat tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar taqdimotlarini oʻtkazadi;
mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Kombinatning tayyor mahsulotni mahalliylashtirishni kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish va sanoatda kooperatsion aloqalar sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisining tezkor va alohida topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajaradi;
boʻysunuvidagi boʻlinmalarning ijro intizomini taʼminlaydi;
Kombinatning savdo, xarid va mahalliylashtirish faoliyati bilan bogʻliq boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Boshqaruv raisining savdo, xarid va mahalliylashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari unga yuqorida yuklatilgan vazifalarning bajarilishi hamda Kombinatning savdo, xarid va mahalliylashtirish faoliyati uchun javobgar hisoblanadi.