• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Larionov Sergey Vladimirovich

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari - bosh muhandis v.b.

Tarjimai holi

1980 yil Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida tugʻilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2001 yil Toshkent avtomobil yoʻllari institutini, transportdan foydalanish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1997-2001 y. – Toshkent avtomobillar yoʻllari instituti talabasi.

2001-2002 y. – “Olmaliq KMK” OAJ Avtomobil transport boshqarmasi traktor parki yoʻl-qurilish texnikalari va traktorlar ta’miri boʻyicha chilangar.

2003-2007 y. – “Olmaliq KMK” OAJ Loyiha ishlar boshqarmasi bosh reja va avtomobil sektori 2-toifali muhandis-konstruktor.

2007-2007 y. – “Olmaliq KMK” OAJ Loyiha ishlar boshqarmasi bosh reja va avtomobil sektori 1-toifali muhandis-konstruktor.

2007-2010 y. – “Olmaliq KMK” OAJ Markaziy  ta’mirlash mexnika zavodi temirchilik-payvandlash sexi metallkonstruksiyalarni yigʻish boʻyicha chilangar.

2010-2011 y. – “Olmaliq KMK” OAJ Markaziy  ta’mirlash mexanika zavodi texnik boʻlimi  yetakchi muhandis-konstruktori.

2011-2015 y. – “Olmaliq KMK”AJ Markaziy  ta’mirlash mexanika zavodi texnik boʻlimi boshligʻi

2015-2016 y. – “Olmaliq KMK” AJ Markaziy  ta’mirlash mexanika zavodi  bosh muhandisi v.b., bosh muhandisi.

2016-2022 y. – “Olmaliq KMK” AJ Markaziy  ta’mirlash mexanika zavodi  direktori v.b., direktori.

2022-2024 y. –  “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari – bosh muhandis v.b.

2024- h.v. –  "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari - bosh muhandis v.b.

Vazifalari:

funksional majburiyatlarga muvofiq boʻysinuvidagi tarkibiy boʻlinmalarning Kombinat boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

boʻysinuvidagi boʻlinmalarning funksional vazifalarining bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Kombinatda ishlab chiqarish-texnikaviy koʻrsatkichlarning bajarilishi hamda ularning ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlaydi;

Kombinat rivojlanish dasturlarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

Kombinatning ishlab chiqarish-texnik faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha chiquvchi va ichki yozishmalarni imzolaydi: ilmiy-tadqiqot, loyihalash va konstruktorlik tashkilotlari bilan yangi texnikalar, texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish boʻlinmalarining asosiy va yordamchi texnologik jihozlarini taʼmirlash, modernizatsiya qilish boʻyicha pudrat ishlarini bajarish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa moddiy-texnik resurslar taʼminoti va ulardan foydalanish, ekologik, texnik va boshqa normativlar va texnikaviy shartlarning metrologiyasi, sertifikatlashtirilishi, diagnostika qilinishi, tekshirilishi va texnik xizmat koʻrsatilishi, ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi va ishlab chiqilishini amalga oshiradi;

ishonchnoma va ushbu Nizomda belgilangan vakolatlar doirasidagi shartnomalarni imzolaydi;

Kombinatni texnik va maʼmuriy modernizatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqadi;

funksional majburiyatlarga muvofiq, Kombinatning toʻliq ishlashi va faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan soʻrovnomalar boʻyicha Kombinat boʻlinmalarini texnologik tashish transporti va boshqa transport vositalari bilan taʼminlash sohasidagi ishlariga rahbarlik qiladi;

Transport va logistika departamenti funksional majburiyatlarining bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Kombinatning barcha boʻlimlari balansida avtomobil, texnologik va temir yoʻl transport vositalarining bir maromda ishlashini, transport vositalari va mexanizmlardan samarali foydalanishni tashkil etishni muvofiqlashtiradi;

transport boʻlimlari ishini rivojlantirish va takomillashtirish, yuk tashishda yangi uskunalar va texnologik jarayonlar joriy etilishini muvofiqlashtiradi;

Kombinat boʻlimlarining transport vositalari bilan taʼminlanishini muvofiqlashtiradi;

yoqilgʻi-moylash materiallari, avtomobil va temir yoʻl transporti texnik vositalaridan oqilona foydalanishni muvofiqlashtiradi;

ichki zaxiralardan maksimal darajada foydalanish, yuk operatsiyalari boʻyicha “Oʻzbekiston tyemir yoʻllari” AJ va MDH vagonlar parkining turib qolishlari vaqtini qisqartirish asosida transport vositalarining unumdorligini oshirish va transport xarajatlarini kamaytirishni muvofiqlashtiradi;

maʼnaviy jihatdan eskirgan, eskirib ishdan chiqqan va keyinchalik ishlatish uchun yaroqsiz holatga kelib transport vositalari va mexanizmlarini Kombinat balansidan hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzolaydi, agar ushbu mulkni tiklash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmasa;

ishonchnoma va ushbu Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida barcha davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalar va korxonalarda Kombinat faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha Kombinat manfaatlarini ifodalaydi;

oʻzining, boshqaruv raisining oʻrinbosari-bosh muhandis tomonidan nazorat qilinadigan tarkibiy boʻlimlarning faoliyat yuritishlarini taʼminlash uchun tuzilgan shartnomalar doirasida Kombinat tomonidan rasmiylashtiriladigan shartnomalar, hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) dalolatnomalari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish va/yoki topshirish dalolatnomalari, tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish boʻyicha ishonchnomalar, loyihalar, smetalar, hisob-kitob kalkulyatsiyalari, spetsifikatsiyalarni imzolaydi;

boshqaruv raisining oʻrinbosari-Bosh muhandis tomonidan nazorat qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning funksional vazifalarini bajarish doirasida binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa mol-mulkni ijaraga berish va sotib olish, shu jumladan ularni bepul foydalanishga topshirish yoki qabul qilish boʻyicha shartnomalarni imzolaydi;

xodimlarga shikastlanish, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa sogʻliqqa yetkazilgan va boquvchisini yoʻqotganligi sababli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi buyruqlar, farmoyishlarni imzolaydi;

boshqaruv raisining oʻrinbosari — bosh muhandisga boʻysinuvidagi tarkibiy boʻlinmalarning funksiyalari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan chiquvchi va ichki hujjatlarni imzolaydi;

umumiy yurisdiksiya sudlariga, maʼmuriy sudlarga va hakamlik sudlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga, hamda davlat, huquqni muhofaza qilish organlariga va boshqa organlarga (korxonalar, muassasalar, tashkilotlar) yuboriladigan eʼtirozlar, daʼvolar, ularga sharhlar, shikoyatlar, iltimosnomalar, soʻrovnomalar va boshqa bayonotlarni imzolaydi, shu jumladan daʼvolardan toʻliq va qisman voz kechish va tan olish, daʼvo predmeti yoki asosini oʻzgartirish, kelishuv (mediativ) bitimini tuzish, sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ustidan shikoyat qilish, protest keltirish toʻgʻrisidagi arizalarini hamda sud hujjatlarini majburiy ijro etish talabnomalarini imzolaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga va Kombinatning jamoa shartnomasiga muvofiq xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishlashga jalb etish toʻgʻrisidagi buyruqlarni imzolaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Kombinat Jamoa shartnomasiga muvofiq xodimlarning xizmat safarlari toʻgʻrisidagi buyruqlarni imzolaydi;

Kombinatning ishlab chiqarish-texnik faoliyati bilan bogʻliq boshqa harakatlarni amalga oshiradi;

Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisining tezkor va alohida topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajaradi;

boʻysunuvidagi boʻlinmalarning ijro intizomini taʼminlaydi.

Boshqaruv raisining oʻrinbosari — Bosh muhandis unga yuqorida yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, Kombinatda ishlab chiqarish-texnikaviy koʻrsatkichlarning bajarilish holati, ishlab chiqarish barqarorligi uchun javobgar hisoblanadi.

Text to speech